Aqba

(Aqabadan yoʻnaltirildi)

Aqba, Aqaba (arab. – tog‘ yo‘li, do-von) – tarixiy geografik tushuncha. 9 – 10-asrlarda arabiynavis geograflarning asarlarida ko‘p uchraydi. 10-asrda fors tilida yozilgan "Hudud ul-olam" va "Ta-rixi Tabariy" asarlarida ham tilga oli-nadi. Hozir bu atama, asosan, geografik nomlar tarkibida qolgan. Turkiston, Za-rafshon va Pomir tog‘larida A. so‘zidan tuzilgan o‘nlab dovonni uchratish mum-kin: Aqbaboshi, Aqbavodif, Aqbai Ob-burdan, Aqbai Gishxun, Choshi aqba va hokazo Bu atama axba, ag‘ba, ovg‘a shakllarida O‘zbekistonning bir qancha joylarida turli xil ma’noda ishlatiladi. Mas, Samarqand viloyati ba’zi tumanlarida dovonga chiqiladigan tik yo‘lni ovg‘a dey-ishadi va hokazo

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil