Qayrat Tutqaboyevich Aldabergenov (qozoqcha: Қайрат Тутқабайұлы Алдабергенов; 1966-yil, Nurota tumani, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston SSR) – kelib chiqishi qozoq boʻlgan oʻzbek siyosatchisi. 2009-yildan 2023-yilgacha Tomdi tumani hokimi[1][2].

Qayrat Aldabergenov
qozoqcha: Қайрат Тутқабайұлы Алдабергенов
 Tomdi tumani hokimi
Mansab davri
2009-yil – 2023-yil
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Keyingisi Orzumurod Umarov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1966-yil
Nurota tumani, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati Qozoq
Taʼlim Toshkent xalq xoʻjaligi instituti
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

1966-yil Nurota tumani, Navoiy viloyatida qozoq oilasida tugʻilgan. 1988-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan, 2000-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Bank Moliya akademiyasini tugatgan. 2009—2020-yillarda Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati boʻlgan[3]. 2023-yil 23-dekabrda 14 yillik hokim lavozimidan ozod etildi[4][5].

Mukofatlari

tahrir
  • „Doʻstlik“ ordeni (2014)[6]
  • „Sodiq xizmatlari uchun“ medali (2021)[7]

Manbalar

tahrir