Qayum Ramazon (taxalluslari: Qayum, Oʻktam, Turgʻunboy qori, Ramazon qori) (1900–1938.4.10) – oʻzbek pedagogi, jurnalist, teatr tanqidchisi, tilshunos. Toshkentda tugʻilgan.

Qayum Ramazon
Tavalludi 1900-yil
Toshkent, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya Imperiyasi
Vafoti 1938-yil 4-oktabr
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Turkiston general-gubernatorligi,
Turkiston Muxtoriyati,
Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi,
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi
Sohasi pedagog, jurnalist, teatr tanqidchisi, tilshunos
Mashhur ishlari “Oʻzbekcha til saboqligi”, “Yer yuzidagi tillar orasida oʻzbek tili”, “Oʻzbek tilining imlo qoidalari”

Faoliyati tahrir

Munavvarqorining yangi usul maktabi hamda madrasada, Boku pedagogika institutida (1916–17) oʻqigan. 1918–21 yillarda oʻqituvchilar tayyorlash kursi va boshlangʻich maktablarda oʻqituvchi. Abdurauf Fitrat bilan birga “Chigʻatoy gurungi”ni tashkil qilgan va unda kotib boʻlib ishlagan (1919). “Qizil bayroq” va “Turkiston” gazetalarida adabiy xodim (1921–23). Fan qoʻmitasi huzuridagi Til va adabiyot institutida dotsent (1934–37).

Ijodi tahrir

Qayum Ramazon oʻzbek maktablari uchun dastlabki ona tili darsliklarini yaratgan. “Ona tili” (Fitrat va Shokirjon Rahimiy bilan birga, 1918), “Bilim yoʻllari”, “Yozuv yoʻllari” (1919), 4 kitobdan iborat “Oʻzbekcha til saboqligi” (Munavvarqori va Shorasul Zunnun bilan hamkorlikda, 1925–26), “Yer yuzidagi tillar orasida oʻzbek tili” (1930), “Oʻzbek tilining imlo qoidalari” (1931), “Oʻzbek tilining birlashgan imlo qoidasi” (1934), “Oʻzbek tili ish kitobi” (Sh. Shamsiy bilan hamkorlikda, 1935–36) kitoblari muallifi.

Vafoti tahrir

Qayum Ramazon 1938-yil 4-oktabrda Toshkentda Boʻzsuv boʻyida “Xalq dushmani” sifatida otib tashlangan. 1957-yilda oqlangan.

Havolalar tahrir

https://shosh.uz/uz/qayum-ramazon-2/