Qayumxoʻja Aliyev
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (May 2024) |
Qayumxoʻja Aliyev (1900-yilda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik maorif xodimi, davlat arbobi.
Qayumxoʻja Aliyev | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1900-yil Oʻzbekiston, Toshkent viloyati, Qoʻyliq mavze Shirinquduq mahallasi |
Fuqaroligi | SSSR |
Millati | Oʻzbek |
Istiqomat joy(lar)i | Oʻzbekiston |
Kasbi |
|
Hayoti va faoliyati
tahrirAliyev Qayumxoʻja Toshkent viloyati, Qoʻyliq mavzesi, Shirinquduq mahallasida imom oilasida dunyoga kelgan va istiqomat qilgan. Otasi yangi usuldagi oʻzbek maktabi va rus-tuzem maktablarida muallimlik faoliyatini olib borgan, 1907-yilda vafot etgan. 1917-yilgacha bosglangʻich maktablarda oʻqishni davom ettirgan. 1919-yilgacha rus-tuzem maktabida hamda madrasalarda tahsil olgan. 1919-yilning oʻzida oʻqituvchilar tayyorlash uch oylik kursini tugatgan.
1920-1923-yillarda toʻquvchilik kasbi bilan shugʻullangan. Mashhur Hojixon qori qorixonasida Qurʼonni xatm qilgan. Shokirjon Rahimiy tavsiyasi hamda eski shahar xalq maorif boʻlimi yoʻllanmasiga koʻra 1918—1921-yillarda Boku Ishchi fakultetida uch kursni bitirgan. 1927-yilgacha turli maktablarda oʻqituvchi sifatida oʻz faoliyatini olib borgan.
1927-yilda Leningradga borganda Muso Begiyev bilan uchrashib, suhbatlashgani aytiladi. 1928—1930-yillarda xalq maorifi boʻlimida maslahatchi va mudir, № 1-son pedagogika texnikumida mudir boʻlib ishlagan.
Aliyev Qayumxoʻja 1927-yilgacha firqa aʼzosi boʻlgan, biroq tozalovda soʻng roʻyxatdan oʻchirilgan. U 1930-yil 30-iyulda aybi toʻliq isbotlanmagan holda „Narkom pros ishi“ boʻyicha qamoqqa olingan. 1931-yilda shartli ravishda 3 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. 1933-yilda OGPU kollegiyasi tomonidan Obid Saidovni zaharlashda ayblanib, 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingan va Sirdaryo viloyati Malik sovxozida surgunni oʻtagan[1].
1937-yilda Qayumxoʻja yana hibsga olinadi. Sababi esa yana oʻsha gap — uning shaʼniga tirkalgan 1930-yildagi ayblov. Bundan koʻrinadiki, 1937-yildagi va 1941-yildagi qamalishlarida ham oʻsha ayblov oʻz kuchini saqlab qolgan.
„… Shunday qiynoqlarga chidagandan koʻra otilib ketganim ming marta afzal edi. Otuv hayotni bir zumda yakunlaydi. Qiynoqda kechgan kunlar, tergov va sudlar oʻlimdan ming chandon ogʻir va mushkuldir“, degan edi Qayumxoʻja Aliyev tergov va sud jarayonlarini eslab.
1941-yilda qayta sud qilingan va 1941-yil 9-yanvarda 5 yilga mehnat tuzatish lageriga yuborilgan. Keyingi taqdiri haqida esa yetarlicha va aniq maʼlumotlar keltirilmagan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Ahmad, Sirojiddin. Qizil mustamlaka: e'lon qilinmagan urush Katta qirg'in qomusi (1929-1950). Toshkent: Info Captal Books, 2022-yil — 635-bet. ISBN 978-9943-5789-3-7.
- ↑ „Қаюмхўжа Алиев“. ishonch-doverie.uz. Qaraldi: 4-may 2024-yil.