Qipchoq tillari
Qipchoq tillari - turkiy tillar oilasining gʻarbiy xun tarmogiga mansub bir qancha oʻlik va jonli tillar guruhi. Qipchoq tillari, oʻz navbatida, 3 guruhchaga boʻlinadi: 1) sof qipchoq guruhchasi — qad. qipchoq (kuman) oʻlik tilini (qarang Qipchoq tili) hamda hozirgi jonli qaraim, qorachoy-bolqor, qrim-tatar, qoʻmiq tillarini oʻz ichiga oladi; 2) qipchoq-bulgʻor guruhchasi — oʻrta asrlarda amalda boʻlgan gʻarbiy oltin oʻrda (oʻlik) adabiy tilini hamda hozirgi jonli tatar va boshqird tillarini oʻz ichiga oladi; 3) qipchoq-noʻgʻay guruhchasi — faqat hozirgi jonli noʻgʻay, qozoq, qoraqalpoq tillarini, shuningdek, oʻzbek tilining qipchoq shevalarini qamrab oladi.
Qipchoq tillarining rivojlanish tarixida 3 davr farqlanadi: moʻgʻullar bosqinigacha boʻlgan davr, moʻgʻullar bosqinidan keyingi xonliklar (Oltin Oʻrda, Qozon, Astraxan, Qrim, Sibir) davri hamda Gʻarbiy Osiyo va Sharqiy Yevropaning katta qismini, jumladan, mazkur xonliklar hududini Rossiya bosib olgandan keyingi davr. Bu davrlar qipchoqlarning turli hududlarda turli xalqlar bilan qoʻshni boʻlib yashashlari, turli dinlarni qabul qilishlari tufayli Qipchoq tillari leksikasida roʻy bergan oʻzgarishlar, qisman fonetik-grammatik oʻzgarishlar bilan ajralib turadi. Mas, tatar va boshqirdlar islom dini va arab yozuvini qabul qilganliklari sababli tatar va boshqird tillarida arabcha va forscha leksik birliklar; qaraimlar yahudiylik dini va qad. yahudiy yozuvini qabul qilganliklari tufayli qaraim tilida qad. yahudiy tili unsurlari uchraydi.
Hozirgi jonli Qt.ning har biri oʻziga xos fonetik, grammatik, leksik xususiyatlarga, oʻz yozuv tarixiga ega (qarang Boshqird tili, Noʻgai tili, Tatar tili, Qaraim tili, Qozoq tili, Qo raqalpoq tili, Qorachoy-bolqor tili, Qrimtatar tili, Qoʻmiq tili, Sibir tili). Mazkur tillarda hozirgi kunda 20 mln.dan ortiqroq kishi soʻzlashadi.
Abduvahob Madvaliyev, Isroil Poʻlatov.
Qipchoq tillari — kelib chiqishi yagona qipchoq tiliga borib taqaladigan групп turk tillari guruhlarining tillar soni (11 ta til) boʻyicha eng yirik tillardan biri hisoblanadi. Boshqa nomlari: shimoliy-gʻarbiy, tau-guruh va boshqa Quyidagi ostguruhlarni oʻz ichiga oladi:
- polovets-qipchoq yoki qipchoq-kuman (gʻarbiy-qipchoq, kavkaz-dogʻiston, polovets-qipchoq) — qaraim, qorachoy-bolqor, qirimchoq (lekin zamonaviy ogʻzaki nutqda va ayniqsa qirimchoq tilining yozma nutqida koʻp oʻgʻuz elementlari mavjud) va qoʻmiq tillari, shuningdek oʻlik polovets tili, momoliq-qipchoq tili va arman-qipchoq. Qirimtatar va urum tili qipchoq va oʻgʻuz tillari oʻrtasida oʻrtaliq oʻrinni egallaydi (kelib chiqishi boʻyicha bir qator shevalari qipchoq-polovets, ayrimlari — oʻgʻuz hisoblanadi, adabiy meʼyor aralash xususiyat kasb etadi);
- qipchoq-bulgʻor (shimoliy-qipchoq, ural-volga, bulgʻor-qipchoq, volga-qipchoq) — tatar va boshqird tili (shuningdek alohida sibir-tatar tili ajratiladi);
- qipchoq-noʻgʻoy (sharqiy-qipchoq, qipchoq-qozoq, dashti-sibir, noʻgʻoy-qipchoq) — qozoq, qoraqalpoq, noʻgʻoy, shimoliy qirimtatar, olaboʻgʻot, astraxan-noʻgʻoy, yurtov-noʻgʻoy, oʻzbek-noʻgʻoy.
Volga-qipchoq birligi hamma olimlar tomonidan tan olinmagan, oʻzgacha nuqtai-nazar mavjud, unga muvofiq tatar tili polovets qipchoq, boshqird tili esa noʻgʻoy-qipchoq hisoblanadi(E. R. Tenishev tahriridagi «Сравнительно-историческая грамматика тюркских языков. Региональные реконструкции» kitobida aynan ushbu nuqtai nazar ifodalangan).
Polovets-qipchoq ostguruhi bir qator izlanuvchilar tomonidan ikki ostguruhga boʻlinadi, birinchisiga qaraim tili va qirimtatar tili barcha etnolektlari bilan birga, ikkinchisiga esa qolganlari (qoʻmiq, qorachoy-bolqor va и yoʻq boʻlib ketgan arman-qipchoq va momoliq-qipchoq) kiradi[1][2].
Qipchoq tillari sifatida, shuningdek qirgʻiz-qipchoq tillari ham kiritiladi — janubiy oltoy, fargʻona-qipchoq va qirgʻiz. Anʼanaviy ravishda avvalambor noʻgʻoy tillari bilan birlashtiriladi, lekin bu glottoxronologiya jihatidan xato: qirgʻiz-qipchoq tili turi qolgan qipchoq arealining volga, polovets va noʻgʻoy areallariga boʻlinmasidan oldin shakllangan, noʻgʻoy tili turi, aksincha, qipchoq tillaridan eng soʻnggisi hisoblanadi.
Qadimgi qirgʻiz (yenisey-qirgʻiz) tili turkiy tillar sharq tarmogʻining xakas-oltoy guruhiga kirgan, qirgʻiz-qipchoq guruhini qadimgi qirgʻiz tili tarkibidan chiqaruvchi mutaxassislar shunday nuqtai-nazarga egaki, assimilyatsiya (oʻzlashtirish) jarayonida hozirgi qirgʻiz-qipchoq tillari qoʻshni qozoq tilidan birtalay xususiyatlarni (lugʻaviy va grammatik) egalladilar, bu narsa hozirgi tilshunoslarga bu tillarni qipchoq guruhiga kiritishlari uchun asos boʻladi.
Qipchoq tillari butun Rossiya boʻylab Boltiq va Qora dengizdan Kavkaz va Uralgacha va Sibirgacha, shuningdek Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonda tarqalgan. Qipchoq tillarida soʻzlovchilar soni yigirma milliondan oshadi.
ag > au ga oʻzgarishi
tahrirQipchoq guruhining muhim farqli belgisi ag, agi, agu > au (tag > tau 'togʻ')ga oʻzgarishi, har ikkala tarkibiy qismning mumkin boʻlgan keyingi lab orqali hosil bo'ladigan xususiyatlari — tou, too, tuu hisoblanadi. Bu xususiyat qirgʻiz-qipchoq ostguruhida ko'proq davomiy amalga oshirilgan, lekin boshqa bir qator tillarida ham bu holat kuzatiladi, masalan, qorachoy-bolqor tilida.
Bunda ushbularni hisobga olish lozim:
a) qipchoq birikmalarida ag, shuningdek ay(i) yoki aa ga rivojlanishi mumkin (gʻarbiy qipchoq tilida baula- va bayla- 'bogʻla', qirgʻiz-qipchoq tilida ayil gʻarbiy qipchoq tilida aul 'ovul', qirgʻiz-qipchoq tilida saa- gʻarbiy qipchoq tilida sau- 'sogʻ(moq)') — qirgʻiz-qipchoq shakllari moʻgʻul tili taʼsiri bilan izohlanishi mumkin (ayil, saa-); b) polovets-qipchoq tillarida agning auga rivojlanishi davomiy emas: qaraim, qirimtatar dag 'togʻ'; в) agning auga rivojlanishi qipchoq guruhidan tashqarida uchraydi: ili-turkiy va lahjaviy shimoliy oltoy tilida tau.
Qipchoq tillari tovush almashinuvi
tahrirTatar tili | Qozoq tili | Noʻgʻoy tili |
---|---|---|
А | А | А |
У | О | О |
О | Ұ | У |
Ы | Ы | Ы |
Ү | Ө | Оь |
Ө | Ү | Уь |
Е [Э] | і | И |
И | Е, Е maʼnosi: Э | Е [Э], Э |
В | У | В |
К (qattiq) | Қ | К (qattiq) |
Г (qattiq) | Ғ | Г (qattiq) |
ң | ң | нъ |
Ч | Ш | Ш |
Ш | С | С |
Еsoʻz boshida maʼnosi: Йе yoki Йы | Жі yoki Жы | Еsoʻz boshida maʼnosi: Йи yoki Йы |
Yana qarang
tahrirEslatmalar
tahrir- ↑ Язык во времени. Классификация тюркских языков — История языков
- ↑ „Язык во времени. Классификация тюркских языков. Лекция Олега Мудрака“. 2012-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 26-oktyabr.
Adabiyotlar
tahrir- E. R. Tenishev (tah.). Сравнительно-историческая грамматика тюркских языков. Региональные реконструкции. М., 2002.
Havolalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |