Qirgʻiz oshxonasi

Qirg'iziston oshpazlik an'analari majmui

Qirgʻiz oshxonasi Qirgʻizistonga xos taom tayyorlash uslubidir[1]. Qirgʻiz oshxonasi koʻp jihatdan oʻziga qoʻshni boʻlgan xalqarning oshxonasiga oʻxshaydi.

Beshbarmoq

Anʼanaviy qirgʻiz taomlari qoʻy goʻshti, mol goʻshti va ot goʻshti, shuningdek turli xil sut mahsulotlaridan iborat. Tayyorlash uslubi va asosiga qirgʻiz xalqining tarixan koʻchmanchilikka asoslangan turmush tarzi kuchli taʼsir koʻrsatgan. Shuning uchun pishirishning koʻplab usullari ovqatni uzoq vaqt davomida saqlashga moʻljallangan. Qoʻy va mol goʻshti eng sevimli isteʼmol qilinadigan goʻsht turi hisoblanadi, ammo hozirgi zamonda koʻpchilik qirgʻizlar ularni muntazam ravishda sotib olishga iqtisodiy imkoniyati yoʻq.

Qirgʻizistonda turli millatlar va ularga xos boʻlgan turli xil oshxona madaniyati mavjud. Bishkek, Oʻsh, Jalolobod va Qorakoʻl kabi yirik shaharlarda turli milliy va xalqaro taomlarni uchratish mumkin. Qirgʻiz xalqiga oid boʻlmagan oshxona, xususan, Qirgʻizistonda keng tarqalgan va mashhur boʻlgan taomlar qatoriga mamlakatda yashovchi oʻzbek, uygʻur, dungan va rus xalqlarining milliy taomlarini ham kiritish mumkin.

Manbalar tahrir

  1. „Kyrgyztan (sic) Cuisine“. Kyrgyzstan.net.my. 14 ağustos 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15 ağustos 2021.

Havolalar tahrir