Qishki Osiyo oʻyinlari 2011

Qozogʻistondagi Osiyo qishki oʻyinlari

2011-yilgi qishki Osiyo oʻyinlari (qozoqcha: 2011 жылғы қысқы Азия ойындары) — 2011-yil 30-yanvar kuni boshlanib, 6-fevral kuni yakunlangan. Qozogʻistonning Astana va Olmaota shaharlari musobaqalarga mezbonlik qilgan. Qozogʻiston Sovet ittifoqi tarkibidan mustaqil davlat sifatida ajralib chiqqanidan keyingi ilk yirik musobaqa[1]. Musobaqalarga Qozogʻiston davlati mezbonlik qilishini tasdiqlovchi hujjatlar 2006-yilning 4-mart kuni Kuvaytda imzolangan[2].

Qishki Osiyo oʻyinlari 2011
Mezbon Olmaota & Ostona
Mamlakat Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Shior Maqsadi birning ruxi bir! (qozoqcha: Мақсаты бірдің - рухы бір)
Voqealar 5 sport turi boʻyicha 69 ta musobaqa

Tayyorgarlik

tahrir

Xarajatlar

tahrir

Qozogʻiston sport vaziri Temirkhan Dosmukhambetov 2008-yilgi davlat byudjetidan qurilish va rekonstruksiya ishlari uchun 726 million AQSh dollari ajratilganini aytib oʻtgan. Olimpiya shaharchasining qolgan xarajatlari investorlar tomonidan moliyalashtirilgan. Umuman olganda, Qozogʻiston oʻyinlarni oʻtkazishga tayyor boʻlish uchun 1,4 milliard dollardan ortiq mablagʻ sarflagan[3].

Joylar

tahrir
 
Shimbuloq togʻ-changʻi kurortida changʻi sporti boʻyicha musobaqalar oʻtkazilgan
 
Medeu sport majmuasi.

Astana meri Imangali Tasmagambetov 15 ming tomoshabinni oʻz bagʻriga sigʻdira oladigan keng imkoniyatli Sport saroyi, biatlon stadioni va sportchilar shaharchasi qurilishini eʼlon qilgan. Markaziy Stadion, B.Sholak Sport saroyi, Medeo sport majmasi va Shimbulak kurorti rekonstruksiya qilingan. 2008-yilda Medeu majmuasi va Shimbuloq kurortiga gondolali lift qurilishi rejalashtirilgan edi. Lekin qurilish ishlari 2010-yilning yoziga kelibgina boshlanganligi va vaqt kamligi sababli bu reja amalga oshmay qolgan. Medeu sport majmuasiTyan-Shan togʻlarida joylashgan. Shahar markazidan mashina orqali borilsa taxminan 30 daqiqalik yoʻl[3]. 2008-yilda Medeu majmuasi va Shimbuloq kurorti oʻyinlarga tayyorgarlik koʻrish uchun rekonstruksiya qilingan. Qozogʻiston togʻ changʻisi federatsiyasi raisi oʻrinbosari Vladimir Smirnov Shimbuloq tez orada dunyodagi eng yirik kurortlardan biriga aylanib, Olimpiya oʻyinlarini oʻtkazish imkoniyatiga ham ega boʻlishini taʼkidlab oʻtgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Sports: Asian Winter Games challenge for Kazakhstan“. The Independent (2011-yil 10-yanvar). 2011-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 14-yanvar.
  2. „Almaty is a Rightful Host of 2011 Asian Winter Games“. almaty.kz. 2011-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 14-yanvar.
  3. 3,0 3,1 „2014 Winter Olympics“. 2008-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 13-avgust.