Qizilart
Qizilart — Orqa Olay tizmasidagi dovon. Tizmaning sharqiy qismida. Qirgʻiziston va Tojikiston Respublikalari chegarasida. Balandligi 4280 m. Dovon orqali Olay vodiysidan Pomirga avtomobil yoʻli oʻtgan (Oʻsh—Xorugʻ trakti).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |