Qizilgaza gʻori — Toytalash togʻining (Hisor tizmasining janubi-gʻarbiy tarmogʻi) shimoliyyon bagʻridagi gʻor. Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Qiziltom qishlogʻidan 7 km sharqda, oʻrtacha 2430 m balandlikda joylashgan. Yuqori yura davriga oid gips qatlamlarida hosil boʻlgan. Gʻorning ikki kirish qismi mavjud. Birinchisi janubi-gʻarbda (eni 5 m dan ziyod, balandligi 1,5 m ga yaqin), ikkinchisi shimoli-gʻarbga qaragan (eni 3 m, balandligi 5 m ga yaqin). Gʻor murakkab tuzilishga ega. Bir necha xonalar va yoʻlaklardan tashkil topgan. Ularning eni 1,5 m dan 8 m gacha, balandligi 0,8 m dan 4 m gacha. Gʻor ichidagi temperatura 14°, yer yuzasiga yaqin joyda 28°, nisbiy namlik 96% (avgust). Q.gʻ.ning umumiy uz. 50 m, maydoni 300 m2, hajmi 700 m3ga yaqin.