Qiziquvchan Matmusa: Hajviyalar

oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼrlar toʻplami

„Qiziquvchan Matmusa“, toʻliq nomi „Qiziquvchan Matmusa: Hajviyalar“oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 2017-yil Toshkent shahrida „Yangi asr avlodi“ nashriyotida lotin yozuvida chop etilgan.[1] Sheʼriy toʻplam elektron kitob oʻlaroq ham sotuvga chiqarilgan. Toʻplam oʻrta maktabning 5–9-sinf oʻquvchilari uchun maktabdan tashqari oʻqish materiali oʻlaroq hozirlangan. 2018-yil Yoshlar nashriyot uyida Vohidovning Matmusa haqidagi sheʼrlari „Qiziquvchan Matmusa“ nomi bilan nashr qilingan.

Qiziquvchan Matmusa: Hajviyalar
Muallif(lar) Erkin Vohidov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i sheʼrlar
Nashriyot „Yangi asr avlodi“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2017
Sahifalar soni 96
ISBN ISBN 978-9943-27-994-0

Toʻplamga Vohidovning Matmusa obrazi haqidagi 17 sheʼri, shuningdek, „Shaharmi bu, qishloqmi bu“, „Qumursqalar jangi“, „Bir yolgʻondan qirq yolgʻon“, „Shum bola“, „Boʻri chaqirgan majlis va beodob ot haqida latifa“, „Uchkeken bozorida“, „Sen menga tegma“, „Bolalar“, „Tandir haqida ertak“, „Kuzatish“, „Tush“, „Arslon oʻrgatuvchi“, „Savagʻich“, „Majlis qiling“, „Sharq ertagi“ hamda „Kunlar sekin oʻtadi“ sheʼrlari kiritilgan.

Manbalar tahrir

  1. „„Qiziquvchan Matmusa“, Yangi asr avlodi NMM“. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 22-dekabr. [sayt ishlamaydi]

Havolalar tahrir