Qoʻshqanot
Qoʻshqanot (ruscha: Кушканат) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan[1].
Shaharcha | |
38°59′37″N 66°57′59″E / 38.99361°N 66.96639°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qashqadaryo viloyati |
tuman | Shahrisabz tumani |
Qachondan beri shaharcha | 2009 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Etimologiyasi
tahrirQoʻshqanot soʻzi qoʻsh va qanot soʻzlarining jamlanmasi hisoblanadi. Qoʻsh — yonma-yon, tutash joylashgan, bir-biriga birikib turgan ikki narsa maʼnosida qoʻllanadi. Qanot esa uchuvchi jonivorlarning osmonda turishini va muvozanatini taʼminlovchi aʼzosi. Lekin shaharchada ayni parranda yoki biron jonivorning aʼzosi tilga olinmagan. Bu shu hududa istiqomat qilgan shaxsning laqabi boʻlishi mumkunligi haqida taxminlar mavjud. Qanot (a) soʻzi kanal, irmoq X-XIX asrlarda tojik tilida koriz, yer osti arigʻi, suv yoʻlagi maʼnolarida qoʻllanilib kelingan. Oʻrta asrlarda Markaziy Osiyo tarixi haqidagi arab va fors-tojik manbalarida qanot va koriz soʻzlari oʻzaro sinonim sifatida qoʻllangan va yer osti suv yoʻlagi maʼnosini anglatgan. Shunga koʻra, qoʻshqanot soʻzi yonma-yon joylashgan ikkita yer osti suv yoʻlagi degan maʼnoda qoʻllangan. Avvaliga shaharcha hududi faqat tepalikdan iborat boʻlgan, keyinchalik esa qishloq barpo etilgan[2].
Joylashuvi
tahrirQoʻshqanot shaharchasi Shahrisabz tumanida, dengiz sathidan 802 metr balandlikda joylashgan[3].
Iqlimi
tahrirQoʻshqanot shaharchasining iqlimi keskin kontinental boʻlib, qishi birmuncha iliqroq boʻladi. Yoz nisbatan issiq va kechalari ham havo harorati pasaymaydi.
Aholisi
tahrir1-yanvar 2016-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Qoʻshqanot shaharchasida 3100 nafar kishi istiqomat qilgan. Bu 3 yil avvalgi koʻrsatkichdan 200taga koʻproqdir[4].
Aholining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil etsa ham, qozoq, qirgʻiz va tojik millatiga mansub kishilar ham topiladi.
Tuzilishi
tahrirShaharcha tarkibida asosiy Qoʻshqanot mahallasi joylashgan. Shuningdek, shaharchada 47-sonli maktab, musiqa maktabi, toʻyxona, Ibn Sino nomli dam olish sihatgohi, bir necha doʻkonlar faoliyat yuritadi.
Manbalar
tahrir- ↑ POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
- ↑ To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 403-bet. ISBN 978-9943-354-60-9.
- ↑ „Qo‘shqanot“. Qaraldi: 08-2023.
- ↑ Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 155-bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |