Qodiriya GES
Qodiriya GES — Toshkent viloyati Qibray tumani QibrayGES qishlogʻida joylashgan. Chirchiq-Boʻzsuv suv-energetika traktish qurilgan dastlabki elektr st-yalardan biri, unitar korxona. Derivatsiya tipida. 1933-yil 1 mayda ishga tushirilgan. GES ning umumiy quvvati 13,2 MVt. St-yada har birining quvvati 3,3 MVt dan iborat boʻlgan 4 ta tik gidroagregat oʻrnatilgan. GES gidrouzeli tarkibiga uzunligi 19 m, balandligi 6 m, umumiy hajmi sekundiga 100 m³ suv oʻtkazishga moʻljallangan bosh toʻgʻon, uz. 5049 m, sekundiga 65 m5 suv oʻtkazishga moʻljallangan derivatsiya kanali hamda bosim st-ya inshooti kiradi. Oʻzbekistonda birinchi ishga tushirilgan 35 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻi 1933-yilda st-yadan Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozlik zavodiga tortilgan. 2003 yilda 105,3 mln. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |