Qon bosimini tushiruvchi moddalar

Qon bosimini tushiruvchi moddalar, gipotenziv moddalar — qon tomirlar tonusini pasaytiruvchi dorilar. Ular arterial bosim (AB)ni meʼyoriga tushirib, nishon-aʼzolarda kechadigan oʻzgarishlarni kamaytiradi, gipertoniya kasalligi asoratlarining oldini oladi. Tibbiyot amaliyotida qon bosimi oshishining turli bosqichlariga taʼsir qiluvchi yuqori samarali dori vositalari koʻp, lekin ularning koʻpchiligi arterial bosimni pasaytirish bilan birga, sezilarli ravishda uglevod va yogʻlar almashinuvini buzadi, markaziy nerv sistemasi faoliyatini susaytiradi, qon reologiyasi va boshqalarni oʻzgarishiga olib keladi. Shu bois amaliyotda nojoʻya taʼsiri kamroq "birinchi qator" preparatlar guruhi ajratib olingan. Bular:— siydik haydovchi dorilar (tiazid va "halqali" diuretiklar), qisman kaliy saqlovchi vositalar;—Ca+ ioni antagonistlari (nifedipin guruhi — amlodipin, nitrendipin va boshqalar);—sx-adrenoblokatorlar;— R-adrenoblokatorlar, jumladan "gibridlar";— angiotenzin oʻzgartiruvchi ferment ingibitorlari;— angitenzin "retseptorlari blokatorlari". Ilgari keng qoʻllangan rezerpin, benzogeksoniy, pentamin, apressin va boshqa hozirda faqat yordamchi ahamiyatga ega. Hozirgi klofelin, fentolamin, prazozin, apressin va boshqa Qon bosimini tushiruvchi moddalart.m. qoʻllanadi. Vrach kasallikning davriga va organizmning holatiga, shuningdek, dorining taʼsir etishiga qarab biror xil dorini buyuradi. Qon bosimini tushiruvchi moddalarni oʻz boshimchalik bilan ichmaslik kerak. Agar ular vrach ruxsatisiz ichilsa, taʼsiri boʻlmasligi yoki yurak faoliyatini zararlashi, koʻngil aynishi, qusish, quvvatsizlik, bosh aylanishi va boshqa kuzatiladi, shuningdek, arterial bosim toʻsatdan pasayib ketib, hayot uchun xavfli holat — kollapst olib keladi. Qon bosimini tushiruvchi moddalarni faqat vrach koʻrsatmasiga muvofiq ishlatish kerak.