Qonchoʻp
Qonchoʻp — koʻknordoshlarga mansub qisqa ildizpoyali oʻtsimon oʻsimlik turi. Poyasi serbarg, boʻyi 30-100 sm. Barglari oddiy, patsimon kungirali boʻlakchalarga boʻlingan. Toʻpgulli oddiy soyabon. mevasi koʻp urugʻli, qoʻzoqsimon koʻsakcha. May oyidan kuzgacha gullaydi. Oʻrta Osiyo, Sibir va Kavkazda uchraydi. Qonchoʻp zaharli, mollar yemaydi. Qonchoʻpning hamma qismida tarkibida 20% ga yaqin alkaloid, S va A vitaminlari, efir moylari, organik kislotalar va boshqa boʻlgan sutshira bor.
Qonchoʻpdan olingan preparatlar teri sili va boshqa kasalliklarni davolashda qoʻllanadi. Damlamasi safro haydovchi, jigardagi ogʻriqni qoldiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |