Qora bo'yinli oqqush (lotincha: Cygnus melancoryphus) - o‘rdaksimonlar (Anatidae) turkumi oqqushlar (Cygnus) oilasiga mansub qush[1].

Qora bo‘yinli oqqush
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Turkum: O‘rdaksimonlar
Urugʻ: Oqqush
Binar nomi
Cygnus melancoryphus

Tashqi ko'rinish tahrir

 

Qora bo'yinli oqqushning uzunligi 110-140 sm, vazni 3,5 dan 6,5 kg gacha yetadi. Erkaklari urg‘ochilarga qaraganda sezilarli darajada kattaroq. Turning o'ziga xos xususiyati - bo'yin va boshning qora rangga bo'yalgani. Ko'z ingichka gorizontal oq chiziq bilan o'ralgan. Toji kulrang rangda, katta qizil o'simtasi bo'lib, pastga egilib turadi. Oyoqlari pushti[2].

Tarqalish tahrir

Qora bo'yinli oqqushlar Janubiy Amerikaning janubida markaziy Chili va Patagoniyadan Tierra del Fuego va Folklend orollarigacha boplgan hududda ko'payadi. Qishda qushlar shimolga Paragvay va janubi-sharqiy Braziliyaga uchib ketishadi.

Hayot tarzi tahrir

Qora bo'yinli oqqushlar asosan sayoz ko'llar, chuchuk suv botqoqlari, lagunalar va yopiq dengiz qo'ltiqlari yaqinida yashaydi. Qora bo'yinli oqqushlar ratsionining asosiy qismini suv o'tlari va boshqa suv o'simliklari tashkil etadi.

Ko'payish tahrir

Juftlanish janubiy yarimsharda qish bo'lgan iyul oyida boshlanadi va noyabrgacha davom etadi. Uyalarini qirg'oq yaqinidagi qamishlarda yoki kichik orollarda quradilar. Urg‘ochi qush uchtadan sakkiztagacha tuxum qo'yadi va ularni besh hafta davomida bosib yotadi, erkak esa tuxumlarni ehtiyotkorlik bilan himoya qiladi. Kulrang jo'jalarni ko'pincha ota-onalari orqa tarafdagi patlari orasida olib yurishadi. Uch oydan keyin jo'jalar uchishni o'rganadilar.

Galereya tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Screamers, ducks, geese, swans“. IOC World Bird List (2022-yil avgust). Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  2. BirdLife International (2016). "Black-necked Swan Cygnus melancoryphus". IUCN Red List of Threatened Species 2016: e.T22679846A92832118. doi:10.2305/IUCN.UK.2016-3.RLTS.T22679846A92832118.en. https://www.iucnredlist.org/species/22679846/92832118. Qaraldi: 27 September 2022. Qora bo‘yinli oqqush]]