Laguna (lotincha Lacus — koʻl) — 1) tor boʻgʻoz (yoki boʻgʻozlar) orqali dengiz bilan tutashib turadigan yoki kambar quruqlik bilan dengizdan ajralgan sayoz tabiiy suv havzasi. Dengiz bilan uncha yaxshi bogʻlanmaganligi yoki undan butunlay ajralib qolganligi uchun laguna suvining shoʻrligi va undagi choʻkindilarning xususiyati, oʻsimlik va hayvonlari dengizdagidan boshqacharoq boʻladi. Laguna Meksika qoʻltigʻi, Qora dengiz (Dunay daryosi quyiladigan joydan shimolda), Kaspiy dengizi (sharqiy sohili), Saxalin, Kamchatka, Chukotka yarim oroli va boshqa joylarda uchraydi; 2) dengizning materik yoki orol bilan marjon riflari oʻrtasidagi, shuningdek, atoll ichidagi qismi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil