Qora kaptar
Qora kaptar (lotincha: Columba eversmanni) — kaptarlar oilasiga mansub Osiyo mamlakatlariga xos qush turi. Lotin tilidagi atamasi rus tabiatshunosi, zoologi, shifokori va sayohatchisi Eduard Aleksandrovich Eversman (1794-1860) sharafiga berilgan.
Qora kaptar | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Qushlar |
Oila: | Kaptarlar |
Urugʻ: | Columba |
Turlari: | Qora kaptar |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Columba eversmanni Bonaparte, 1856 |
Tavsif
tahrirQanotlarining rangi va tuzilishiga koʻra, u klintux va kaptarga oʻxshaydi. Erkaklarining uzunligi 279—305 mm, urgʻochilar 190—201 mm, qanoti 190-210 mm, dumi 95-105, tovoni 22-28 mm, tumshugʻi 15-20 mm. Erkaklarining qanotlarini yoyganda 63 sm.ga yaqin boʻladi. Voyaga yetgan qushlarning rangi asosan zangori-kulrang, orqa va qanot patlarining old tomoni qoʻngʻir tusda. Pastki va ustki dumi asosiy tusidan ancha toʻqroq. Boshning yuqori qismi, koʻkrak va halqumi qizgʻish-pushti. Yon va boʻyinning orqa tomoni yashil rangga monand tovlanadi (ba’zi hollarda bu binafsha rangga aylanadi), halqumi (ozuqa oʻtish yoʻli — qushlarda) mis kabi qizgʻish rangga aylanadi. Orqa va bel qismi juda yorqin, och kulrang, gohida deyarli oq tusga ega. Orqasining old tomonida keng yoʻll izangori va qoʻngʻir patlari bor. Birlamchi uchish patlari qora-qoʻngʻir rangga ega, ichki patlarining asosan yarmi och kulrang. Ikkilamchi parvoz patlarining uchlari toʻqroq va och kulrang tusda. Pastki qanot qoplamalari och zangori yoki oq rangda. Parvoz patlari feruza-kulrang, uning uchki qismi deyarli qora. Ustki qanot qoplamalari toʻq qoʻngʻir tusda. Qanot boʻylab ikki qator qora dogʻlar mavjud boʻlib, ular ikkita interval chiziq hosil qiladi. Tumshugʻi asosan toʻq kulrang, ustki qismi esa sargʻish-yashil tusda. Oyoqlari nimpushti, qizgʻish yoki sargʻish. Kamalagi sariq yoki somon kabi sargʻish. Voyaga yetmagan qushlarning patlari tovlanmaydigan metall tusda va ularning patlari butunlay och qoʻngʻir boʻladi.
U kulrang kaptar va klintuxdan kichikroq oʻlchamlari va parvozda aniq koʻrinadigan kalta dumi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, parvozda u qanot va tanasining pastki qismi toʻqroq rangda ifodalangani bilan sizo kaptaridan farq qiladi. U uchayotganda, xuddi klintux kabi, qanotlari bilan oʻziga xos "hushtak" chiqaradi[1].
Tarqalishi
tahrirUyalashi Janubiy va Janubi-Sharqiy Qozogʻistonning pasttekislik va togʻ oldi hududlarini qamrab oladi, Oʻrta Osiyoda Orol dengizining sharqiy qirgʻogʻi, Sari-Qamish pastligi va Markaziy Kopetdogʻ etaklaridan Zaysan koʻligacha, Fargʻona vodiysi va Tojikistonning janubi-gʻarbiy qismida uchraydi. Shimolda Sirdaryo vodiysi, Sari-suv, Chu va Balxash daryolarining quyi oqimigacha boradi. Uchib-oʻtishi Buguruslan, Orenburg va Krasnoyarsk yaqinidagi Sura daryosidan ma’lum. Shimoliy Osiyodan tashqarida Shimoliy Eron, Afgʻoniston, Gʻarbiy Xitoy (Qashgʻariya), Kashmir va Ladaxda ham koʻzga tashlanadi[1].
Janubiy va Janubi-Sharqiy Qozogʻistonda shimoldan Sirdaryoning quyi oqimigacha, Oqsoy darasi yaqinidagi Sarisu vodiysi, Janubiy Balxash viloyati va Zaysan havzalarida yashaydi[2][3].
Bu Shimoliy Osiyoda tarqalish xususiyatiga koʻra koʻchmanchi qushdir. Shimoliy Osiyoda qora kaptar Oʻrta Osiyoning oʻta janubi-gʻarbiy qismida – Kopetdogʻning shimoliy etaklarida, Murgʻob va Tejen havzalarida qishlaydi. Ushbu turning asosiy qishlash joylari Afgʻoniston va janubiy Eronni, Hinduston yarim orolining shimolini, Balujiston, Sind va Panjobni qamrab oladi. Hindistonning Ud va Bkxar qishloqlarida kamdan-kam qishlaydi. Hindistonda qishlashda qushlar oktabr-noyabrdan—martgacha kuzatiladi[1].
Yashash joyi
tahrirOʻrta Osiyoda (Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qozogʻiston) suv manbalariga (daryolar, soylar, togʻ koʻllari va boshqalar) yaqin joylashgan boʻlib, bu turlarning togʻ oldi va tekisliklarda tarqalish maydonini sezilarli darajada cheklaydi. Zarafshon daryosi vodiysi boʻylab loyli darajasi tik qirgʻoqlar boʻylab, koʻpincha ekin maydonlariga yaqin joyda makon qurishadi. Oʻzbekistonda past togʻli hududlarda, tekisliklarda kamroq tarqalgan. Qozogʻistonda toʻrangʻi toʻqay va toʻqayzorlarda, gil yoriqlar va eski qabristonlarda yashaydi, ba’zan choʻl zonasida ham uchrashi mumkin[3]. Tyan-Shan va Samiro-Olay togʻ tizmalarida u daryolarning baland oʻrmon qoyalarida, ayniqsa ularning togʻ etaklaridan tekisliklarga chiqishida joylashadi. Bundan tashqari, bu tur daraxtzorlarga ham uy quradi, odamlar kamdan-kam tashrif buyuradigan ichi boʻsh terak, qaragʻay yoki chinor bogʻlarini afzal koʻradi. Shahar atrofida ular ba’zan eski tashlandiq mevali bogʻlarda qoʻnim topishadi. Faqat bahor va kuzgi migrasiya paytida qora kaptarlar shahar park va bogʻlarida juda kam uchraydi[1].
Soni
tahrirOʻtmishda uchrashi odatiy edi, taxminan bir necha mingtasi uyalagan. 1960-1970-yillarda soni keskin kamayib ketgan, hozirda taxminan bir necha yuztasi mavjud boʻlsa kerak.
Yashash tarzi
tahrirBahorgi uchib oʻtishi – martaprel oyida. Alohida juft boʻlib jarliklarga, daraxtlarga in quradi, may-iyulda 2 ta tuxum qoʻyadi (bir yilda 2 marta) va 19-25 kun bosib yotadi; poloponlari iyul-avgustda ucha boshlaydi. Avgust-sentabrda koʻchib yuradi. Kuzgi uchib oʻtishi – sentabr-noyabr oyida. Respublika janubida ba’zan nomuntazam qishlaydi. Dukkakdoshlar va boshoqdoshlar urugʻlari bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar
tahrirToʻqayzorlarning qisqarishi, qoʻriq yerlarning oʻzlashtirilishi oqibatida yashash joylarining buzilib ketishi, brakonyerlik oqibatida bu tur kamayib ketgan.
Muhofaza choralari
tahrirOvlash qat’iyan man etilgan. Qoʻriqxona va milliy tabiat bogʻlarida muhofaza ostiga olingan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 «Птицы России и сопредельных регионов: Рябкообразные, Голубеобразные. Кукушкообразные, Совообразные» — Гаврилов Э. И., Иванчев В. П., Котов А. А. и др. Москва: издательство Наука, 1993.
- ↑ Гаврилов Э. И. «Фауна и распространение птиц Казахстана». Алматы, 1999.
- ↑ 3,0 3,1 Gavrilov E. I., Gavrilov A. E. The Birds of Kazakhstan. Almaty, 2005.
- ↑ КАПТАР (Wayback Machine saytida 2022-08-22 sanasida arxivlangan) Redbook.uz