Qora sedana yoʻgi
Qora sedena yog‘i (ing. Black seed oil) ― och sariq rangdagi yog‘li suyuqlikdir. Mahsulot o‘ziga xos taʼm va hidga ega. Yog‘ turli damashq qora sedanasi (lat. Nigella damáscena) yoki anʼanaviy qora sedana (lat. Nigella sativa)urug‘laridan tayyorlanadi
Olinishi
tahrirYog‘ urug‘lardan ularnini sovuq presslash usuli orqali olinadi.
Tarkibi
tahrirOʻsimlik moyining asosiy komponenti nigellon yoki nigelaz boʻlib, u ikkita ditimoxinon va timoxinon[1][2] yoki faqat karbonil polimer timoxinonning hosilasidir. Yog‘ tarkibida shuningdek, fosfolipidlar, lipaza, asetatlar, ergostenil, glitserin, selinen, katexinlar, fermentlar, efir moylari, alkaloidlar va bir qator kislotalarni o‘z ichiga oladi. Ularning umumiy hajmi mahsulotning deyarli uchdan bir qismini tashkil qiladi. Yog‘ kislotalarining tarkibi ko‘p va xilma-xildir bular: linolein (55-65 %), olein (15-18 %), palmitin (10-12 %), stearin (1-3 %), miristik, behenik, margarin, araxin, pentadekanoik va ularning hosilalari[3].
Xususiyatlari
tahrirQora sedana yog‘i kislotali — 1,5, yod — 84, efir — 149,5, Saponification(sovunlanish) — 151 kabi korsatkichlarga ega. Bu GF XI usuliga muvofiq aniqlanadi.
Foydalanish
tahrirQora sedana yog‘idan foydalanib, biologik faol oziq-ovqat qoʻshimchalari va kosmetika (masalan, shampun va sochni parvarish qilish uchun boshqa mahsulotlar) vositalari ishlab chiqariladi. Timoxinonda neyroprotektiv xususiyatlari mavjudligi o‘rganilmoqda.
Manbalar
tahrir- ↑ „Тимохинон как потенциальный нейропротектор при острых и хронических формах церебральной патологии (обзор)“ (ru). www.neurology.ru (2020-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 7-noyabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Avicenna Black Seed Oil (Масло Черного Тмина ) 90 капсул — купить в интернет-магазине OZON с быстрой доставкой“ (ru). OZON.ru. Qaraldi: 2020-yil 7-noyabr.
- ↑ N. K. Rud, A. M. Sampiev, N. A. Davitavyan. Osnovnie rezultati fitoximicheskogo i farmakologicheskogo issledovaniya Chernushki posevnoy. Kubanskiy gosudarstvenniy meditsinskiy universitet, g. Krasnodar // Nauchnie vedomosti. Seriya Meditsina. Farmatsiya. — 2013. — № 25 (168). — Vipusk 24.
Havolalar
tahrir- Guketlova O. M., Lukashuk S. P. Qora zira yogʻi sifatining asosiy koʻrsatkichlarini aniqlash // Zamonaviy tabiatshunoslik yutuqlari. — 2014. — No 8. — S. 17-18. (kirish sanasi: 08.09.2018).
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |