Qora sirttan
Qora sirttan (lotincha: Bryonia melanocarpa) — qovoqdoshlar oilasi bryonia turkumiga mansub ko‘p yillik gulli o‘simlik turi. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hududida uchraydi[1].
Qora sirttan | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Gulli oʻsimliklar |
Sinf: | Ikki urugʻpallalilar |
Turkum: | Bryonia |
Oila: | Qovoqdoshlar |
Binar nomi | |
Bryonia melanocarpa |
Tavsifi
tahrirChirmashib o‘suvchi ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Ildiz bo‘g‘zidan chirmashuvchi poyalar o‘sib chiqadi va uzunligi 2-4 metrgacha yetadi. Cho‘l hududida o‘sishga moslashgan. Ildizi yog‘on uzunligi 75 sm gacha, qalinligi 15—30 sm og‘irligi 27 kg gacha yetadi. Pastki barglari yirik, etli, keng yuraksimon, chuqur besh bo‘lakli shaklda, novda yuqorisida joylashgan barglari kichik, nashtarsimon uch burchak shaklda ikki besh bo‘lakka bo‘lingan. Gullari shingil to‘pgulda yig‘ilgan. Pastki shingillari changchili, o‘rta qismidagi gullar aralash, yuqorida joylashgan gullari urug‘chibargli. Gultojibarglari qo‘shilgan, yashil yoki sariq rangda. Gulkosachabarglari yashil rangda qo‘shilgan. Mevasi yashil, qora rangda, yumaloq, silliq, tuksiz, diametri 6-8 mm. Aprel may oylarida gullab, mevasi iyun oyida yetilib pishadi. Urug‘i orqali jinsiy yo‘l bilan ko'payadi.
Tarqalishi va o‘sish sharoiti
tahrirKichik kichik to‘plar hosil qilib yoki yakka holatda uchraydi. Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hududida, Qizilqumdagi qadimiy Chordara shahri xarobalari yaqinida tarqalgan. Kichik va mustahkam qum tepaliklarda o‘sadi. Chorva mollarining ko‘plab boqilishi natijasida areali qisqarib ketgan. 1958—1960—yillarda O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika institutining tajriba maydonida ekib o'stirilgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Bryonia melanocarpa“.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.