Qovoqdoshlar (lotincha: Cucurbitáceae) — ikki urugʻpallali oʻsimliklar oilasi. Bir yillik va koʻp yillik oʻrmalabyoki ilashib oʻsuvchi, bir yoki ikki uyli oʻsimliklar. Bitta turkumi daraxtsimon. Barglari oddiy, navbatlashib oʻrnashgan, baʼzan boʻlaklarga boʻlingan yoki oʻyilgan. Yonbargchalari boʻlmaydi. Gullari barg qoʻltigʻida bittadan yoki toʻp boʻlib joylashadi, ayrim jinsli, koʻpincha tutash tojbargli. Mevasi rezavor yoki qovoq(tashqi qavati qattiq, dagʻal, ichi etli sersuv, serurugʻ),100 ga yaqin turkumi, 800 ga yaqin turi koʻpincha tropik va subtropiklarda oʻsadi. Koʻp turlarining mevasi ovqatga ishlatiladi. Shu sababdan bir qancha turlari(bodring, qovun, qovoq(o'simlik), tarrak, tarvuz va boshqalar) hamma qitʼalarda palakli ekin sifatida qadimdan ekiladi. Ayrim turlari(abujahl tarvuzi, sirtan) dorivor, manzarali turlari(eshakbodring,idish-qovoq,qozonyuvg'ich,itqovun, pechakqovun va boshqalar)ham bor.

Qovoqdoshlar
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Oʻsimliklar
Oila: Qovoqdoshlar

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir