Qoragiyo
Qoragiyo, Botir — Qozogʻistondagi eng chuqur botiq. Mangʻishloq viloyatida joylashgan. Okean sathidan 132 m past. Mangʻishloq platosida. Kaspiy dengizining sharqiy sohilida. Uzunligi 85 km, eni 10–25 km. Tubi shoʻrxok.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |