Qorako‘l darvozasi — Buxoro darvozasi.

Qorako‘l darvozasi
Joylashuvi
Hudud Buxoro viloyati
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Umumiy maʼlumotlar
Qurdirgan hukmdor Abdullaxon II
Qurilishi boshlangan 1558-yil
Qurib bitkazilgan 1575-yil
Buzilgan yili 1975-yil qayta tiklangan
Qayta tiklagan meʼmor Ahror Asrorov
Arxitekturasi
Meʼmoriy uslubi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Qurilish materiali pishgan gʻisht
Qorako‘l darvozasi (Buxoro)


Tarixi tahrir

Qorako‘l darvozasi Shayboniy hukmdor Abdullaxon II tomonidan 1558—1575-yillar oralig‘ida bunyod etilgan[1]. Shayboniy hukmdorlar qurilishning oʻziga xos qoidalariga qatʼiy amal qilish, bular — qurilishning puxta oʻrganilgan rejasi, joyning aniq va toʻgʻri tanlanishi, isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik, shoshma — shosharlik qilmaslik, turli xil inshootlar, shu jumladan, mudofaa devori yonida mo‘tadil iqlimni yaratuvchi kanallar, ariqlar, bogʻlar, hovuzlarning joylashishiga asosiy eʼtiborni qaratganlar. Ushbu darvoza Buyuk ipak yo‘li savdo tarmog‘ida muhim oʻrin tutgan. Qorako‘l darvozasi ichkarisida bozor mavjud bo‘lib, to Havzi Navdan, Volidai Azizxongacha davom etgan. Darvoza Buxoro shaharning gʻarbiy qismida joylashgan. Ushbu darvoza orali Qorako‘lga borilgan[2]. Buxoroliklar ushbu darvoza orqali haj ziyoratiga yoʻl olishgan. Shu sababli darvoza „Haj darvozasi“ deb nomlashgan. Qorako‘l darvozasi 1920-yilgi qizil armiya hujumidan omon qolgan.

Meʼmorchiligi tahrir

Darvoza asosan ikki katta svod, arkali va „guldasta“ qilib qurilgan. Qorako‘l darvozasi kvadrat shakldan iborat 25×25 santimetrlga teng g‘isht bilan terilgan va yuqori qismi kungurali gultoj bilan zeb berilib hamda qal’a devorlariga tenglashtirib qurilgan. Qorako‘l darvozasi 1975-yilda usta Ahror Asrorov boshchiligida qayta taʼmirlash ishlari olib borilgan Turkiya, Eron, Xuroson davlatlaridan keladigan savdogar va sayyohlar shu darvoza orqali shaharga kirishgan. Hozirgi kunda Qorako‘l darvozasi qal’a devorlaridan ajralgan holda bo‘y cho‘zib, sayyohlar e‘tiborini qozonib kelmoqda[3]. 2008-yilda Buxoroda shahar qalʼa devori va qadimiy darvozalarini tiklash va taʼmirlash boʻyicha saʼy-harakatlar boshlangan. Qorako‘l darvozasi oʻz holicha saqlanib qolgan darvozalardan biri hisoblanadi.

Manbalar tahrir

  1. Сухарева О.А. К истории городов Бухарского ханства (историко-этнографические очерки). Ташкент: Изд-во академии наук Узбекской ССР, 1958 — 145 bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592 bet. 
  3. To'rayev H.H. Buxoro tarixi. Buxoro: Durdona, 2020 — 320 bet. ISBN 978-9943-6571-0-6.