Qosim Sulaymoniy
Qosim Sulaymoniy | ||
---|---|---|
Laqabi: | Qosim Hoji | |
Mamlakat: | Eron | |
Maqomi: | General | |
Hodisa: | Portlash qurboni | |
Tugʻilish sanasi: | 11-mart 1958-yil | |
Vafoti: | 3-yanvar 2020-yil | |
Xizmat yillari: | 1978-2020 |
Qosim Sulaymoniy(1958-yil 11-mart Rabor, 2020-yil 3-yanvar, Bag'dod)-Eronlik general. Quds kuchlarining qoʻmondoni. Amerika prezidenti D.Tramp buyrugʻi bilan uyushtirilgan portlash qurboni. Uning oʻlimi tufayli butun Eronda motam eʼlon qilingan. 1958-yilda Eronning Rabor shahrida, dehqon oilasida tugʻilgan, maktabni oxirigacha oʻqimagan. 1978-yilgi islom inqilobi vaqtida inqilobiy kuchlar safiga qoʻshilgan, shundan soʻng armiya xizmatiga yoʻl olib, 1980-1988-yillardagi Eron-Iroq urushida qatnashgan.
Qosim Sulaymoniy 1998-yildan buyon xorijda maxfiy amaliyotlar oʻtkazish bilan shugʻullanadigan „Al-Quds“ maxsus boʻlinmasiga qoʻmondonlik qilardi. U oʻtgan vaqt mobaynida bir necha marta Gʻarb davlatlari, Isroil va arab davlatlari maxsus xizmatlari tomonidan uyushtirilgan suiqasdlarni boshdan kechirgan.[1]
Islom inqilobi muhofizlari korpusi Eronda 1979-yilgi inqilobdan soʻng tashkil etilgan. Quruqlikdagi, harbiy havo va harbiy dengiz kuchlari IIMK tarkibiga kiradi. Korpus faqat Eron oliy rahnamosiga boʻysunadi va mamlakat Qurolli kuchlaridan alohida harakatlanadi. AQSh razvedka xizmatlari tahlilchilarining hisob-kitoblariga koʻra, IIMK Eron iqtisodiyotining 50 foizini, xususan, bank va moliya sohalarini nazorat qiladi yoki „sezilarli taʼsir koʻrsata oladi“.
Bu korpusning birlamchi vazifasi inqilob orqali shakllangan hukumatni himoya qilish edi. Keyin bu qoʻshinning vakolati shunchalik kengaydiki, 84 million kishi yashaydigan Eronda koʻngillilarni ham inobatga olganda, inqilob muhofizlari korpusi zobitlari soni 10 milliondan oshib ketdi. Ana shu qoʻshinning „Al-Quds“ nomli maxsus boʻlinmasi bor. Qosim Sulaymoniy oʻsha boʻlinma qoʻmondoni edi.
[2] „Al-Quds“ — Eron tashqi siyosatini yuritishdagi muhim vosita boʻlib, bajaradigan ish hajmi jihatidan uni AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi va maxsus boʻlinmalari bilan qiyoslash mumkin. Boʻlinma 1979-yildagi inqilobdan keyin, Yaqin Sharq mintaqasida Eron taʼsir doirasini, jumladan, shia kuchlar koʻmagida kengaytirish maqsadida tashkil etilgan. Boʻlinma bosh qarorgohi AQShning Tehrondagi sobiq elchixonasi oʻrnida joylashgan boʻlib, bugungi unda uning safidagi jangchilar soni 20 mingga yaqinni tashkil etadi. Maʼlumotlarga koʻra, Eronning yuqori jangovar tayyorgarlikka ega boʻlgan maxsus boʻlinmasi uchun jangchilarni saralab olish ishlari butun Eron boʻylab olib boriladi, tahsil esa Sheroz, Tehron va Qumda olib boriladi, shundan soʻng jangchilar harbiy harakatlarda tajriba orttirishi uchun Iroq va Afgʻonistonga yuboriladi.
„Al-Quds“ qilgan ishlar haqida afsonalar juda koʻp. Qosim Sulaymoniy obrazi bir necha filmlarda ham keltirilgan, jumladan, Isroil filmlarida ham. Qosim Sulaymoniy Eronda oyatulloh Ali Xominaiydan keyingi ikkinchi odam sifatida eʼtirof etilardi. Prezident Hasan Ruhoniyga hurmatni saqlagan holda aytish mumkinki, Qosim Sulaymoniyga boʻlgan munosabat bu faktni isbotlaydi.
Islom inqilobi muhofizlari korpusi rahbari rasman Muhammad Ali Jaʼfariy hisoblanadi, biroq Sulaymoniy shaxsan Eron oliy yetakchisi oyatulloh Ali Xominaiyga hisobot berar va oʻz harakatlarini aynan u bilan muvofiqlashtirib turardi.
2011-yilda Suriyada fuqarolar urushi boshlanganida Sulaymoniy „Hizbulloh“ga va boshqa shia guruhlarga Bashshor Asad hukumati tomonida turib jang qilishni buyurgan. IShIDga qarshi urush vaqtida Iroqdagi Xalq safarbarlik kuchlari ham uning koʻrsatmalariga koʻra hukumat tomonida turib jang qilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, u 2015-yilda Moskvaga tashrif vaqtida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Suriyaga kirishga va Asad hukumatiga muxolif kuchlarga qarshi kurashda yordam berishga koʻndirgan. Bu aralashuv Rossiyaning yangi tarixidagi muhim voqealardan hisoblanadi, Rossiya muqaddam hech qachon arab davlatlari hududida harbiy harakatlarga kirishmagandi.
Sulaymoniyning Moskvaga tashrifi Rossiyaning harbiy intervensiyasini rejalashtirishdagi muhim qadam boʻlgan va Suriyadagi urushning rivojini butkul oʻzgartirib yuborib, Asadni qoʻllab-quvvatlaydigan yangi Eron-Rossiya alyansi tuzilishiga olib kelgan.
Iroq va Suriyadagi urush vaqtida Sulaymoniy Eronda juda mashhur boʻlib ketdi. U Eronning bosh strategi sifatida qabul qilina boshlandi.
Tramp maʼmuriyati tasdiqlashicha, „Al-Quds“ Eronning [[Yaqin Sharqda AQShga qarshi kurashuvchi guruhlarni rivojlantirish uchun asosiy mexanizm boʻlib, „Al-Quds“ bu guruhlarni moliyalashtiradi, oʻqitadi, ularga qurol-yarogʻ yetkazib beradi.
Sulaymoniy Eronning Yaqin Sharqdagi taʼsir doirasi kengayishida muhim rol oʻynagan va bu hududda oʻz taʼsirini kengaytirishga urinadigan boshqa davlatlar — AQSh, Saudiya Arabistoni hamda Isroilga toʻsqinlik qilib kelgan. U Suriya va Iroqdagi harbiy harakatlarda muhim rolni oʻynagan. Xususan, uning boʻlimi 2011-yilda Suriyada boshlangan fuqarolik urushida Bashshor Asad tomonida turib jang qilgan, shuningdek, Suriya va Iroqdagi shia ayirmachilariga IShIDga qarshi turishda koʻmak berib kelgan. Bundan tashqari, u Livandagi „Hizbulloh“ harakati va Falastindagi jangari guruhlar bilan mustahkam aloqa oʻrnatgan.[3]
2020-yilning 3-yanvar kuni Bagʻdod xalqaro aeroportiga aviazarba berilishi oqibatida Islom inqilobi soqchilari korpusining „Quds“ maxsus boʻlinmasi qoʻmondoni, general Qosim Sulaymoniy halok boʻldi.
Zarbalar vaqtida Iroqning shia qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbosari Abu Mahdi al-Muhandis ham halok boʻlgan. Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanuvchi „Al-Xashd ash-Shaʼbiy“ guruhining maʼlum qilishicha, aeroportning raketalar bilan oʻqqa tutilishida umumiy hisobda 7 kishi, jumladan guruhning 5 aʼzosi va ikki mehmon halok boʻlgan.
Sulaymoniy shaxsi barmogʻidagi uzukdan aniqlangan.
Maʼlum qilinishicha, al-Muhandis aeroportga samolyoti yo Livandan, yo Suriyadan kelgan Sulaymoniyni kutib olishga soqchilar tarkibida kelgan. Zarba Sulaymoniy samolyotdan chiqishi bilan berilgan.
Keyinchalik maʼlum boʻlishicha Qosim Sulaymoniy AQSH prezidenti Donald Trampning shaxsiy buyrugʻi bilan oʻldirilgan ekan. Eron xalqi Qosim Sulaymoniyni ongli ravishda yaxshi koʻrgan. Chunki uni faqat harbiy sifatida emas, maʼnaviy yetakchi sifatida ham bilishardi. Sulaymoniy halok boʻlganida xalq koʻchalarga chiqib AQShdan qasos olish kerakligi haqida gapirganda Tramp aslida eronliklar xursand ekanini, koʻchalardagi bir guruh odamlar eronlik siyosatchilar tomonidan boshqarilayotganini aytgandi. Biroq oʻshanda Tramp aytganidek bir guruh odam emas, butun boshli mamlakat AQShni laʼnatlab koʻchalarga chiqqandi. Chunki eronliklarning ham hayotda oʻzlari ishonadigan daʼvolari bor va Amerikani yomon koʻrishlari uchun ularni boshqarish shart emas.
General butun dunyodagi shialar orasida obroʻsi baland odam edi. U oʻldirilgach, hatto Kashmirdagi shialar ham namoyishga chiqib, qasos talab qilishdi.
Havolalar
tahrir- https://www.newyorker.com/magazine/2013/09/30/the-shadow-commander
- https://web.archive.org/web/20160304185904/http://www.realclearworld.com/2013/09/23/syrias_iranian_shadow_commander_151825.html
- https://web.archive.org/web/20151117063301/http://www.reuters.com/article/2015/10/06/us-mideast-crisis-syria-soleimani-insigh-idUSKCN0S02BV20151006
- https://kun.uz/uz/09248751
Manbalar
tahrir- ↑ https://www.bbc.com/turkce/haberler-dunya-50434154
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2015-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-may.
- ↑ https://www.ft.com/content/b80b9a52-2dfe-11ea-a126-99756bd8f45e