Qozi Iyoz
Abul Fazl Iyoz ibn Muso ibn Iyoz ibn Amr Yahsabiy — faqih. (miylodiy 1084-1149 Hijriy 476-544)
Qozi Iyoz | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | faqih |
Abul Fazl Iyoz ibn Muso ibn Iyoz ibn Amr Yahsabiy hijriy 476 yilning sha'bon oyida Sabta shahrida tug‘ilgan. Mag‘rib va mashriqdagi ilm o‘chog‘lari bo‘lgan shaharlarga safar qilib tahsil olgan.
Zamondosh olimlarning taʼkidlashlaricha Qozi Iyoz hadis, fiqh, usulul fiqh, nahv, arablarning nasablari va tarixlari borasida yetuk olim bo‘lgan.
O‘ttiz besh yoshida o‘zi tug‘ulib o‘sgan Sabta shahriga qozilikka taʼyinlangan. Hijriy 511 yilda esa Andalusning G‘ornota shahriga qozi etib tayinlanadi. Ko‘p yillar qozilik qilgani uchun Islom olamida „Qozi Iyoz“ nomi bilan tanilgan. Qozi Iyoz hijriy 544 yil (milodiy 1149 yil) jumodus soniy oyida Marokash shahrida vafot etgan va o‘sha yerga dafn qilingan.
Ustozlari
tahrirqozi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali, Abul Husayn ibn Siroj, Abu Tohir Ahmad ibn Muhammad, Abu Ali Husayn ibn Muhammad va Abu Abdulloh Mozaniy kabi o‘nlab olimlardan ta'lim olgan.
kitoblari
tahrir- „Ikmolul mu'lim sharhi sahihi Muslim“ (sakkiz juz) „
- Mashoriqul anvor“(ikki juz)
- „At-Tanbiyhotul mustanbata fi sharhi mushkilotil mudavvana
- Ash-Shifo bi ta'rifi huquqil mustafo“
- „Al-G‘unya“ „Tartiybul madorik va taqriybul masolik“
- (to‘rt juz) „Al-Ilma' ila ma'rifati usulir rivoya va taqyidis samo'“
- „Al-A'lom bi hududi qovaidil Islom“
Adabiyotlar
tahrirManbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |