Qozi Latif madrasasi
Qozi Latif madrasasi Kokilai xo‘rd guzarida joylashgan bo‘lib, 28 hujradan iborat bo‘lgan. U Amir Muzaffarxon davrida hijriy 1295-yili (1878) qurilgan. Vaqfli edi, hujjati hozirgi kungacha yetib kelgan. Hijriy 1331-yil jumad ul-avval oyida (1913-yil aprel' – may) bu joyda qori Zakariyo mudarrislik qilgan. Bungacha u Kahband madrasasida ham dars bergan. Bemor talabalar ro‘yxatida bu o‘quv dargohida mulla Omonulla va Sayyidxoja rishta kasaliga chalingani bildirilgan.[1]
Madrasa | |
Qozi Latif madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Manbalar
tahrir- ↑ Buxoro ta'lim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. – B. 483.