Qozogʻiston — Janubiy Koreya munosabatlari
Qozogʻiston — Janubiy Koreya munosabatlari — Qozogʻiston va Janubiy Koreya oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar.
Qozogʻiston |
Janubiy Koreya |
Ikki mamlakat oʻrtasida diplomatik aloqalar Qozogʻiston mustaqillikka erishganidan koʻp oʻtmay 1992-yil 28-yanvarda oʻrnatilgan[1]. Oʻsha vaqtdan beri ikki tomonlama aloqalar barqaror rivojlanib bormoqda. Ikki xalq oʻrtasidagi hamkorlik siyosiy, iqtisodiy va taʼlim sohalarida rivojlanmoqda.
Tarix
tahrirQozogʻiston va Janubiy Koreya rasmiy ravishda 1992-yil yanvar oyida ikki tomonlama diplomatik aloqalarni oʻrnatgan. Koʻp vaqt oʻtmay Janubiy Koreya Olmaotada, 1996-yil Qozogʻiston Seulda oʻz elchixonasini ochdi[2].
1995 va 1996-yillarda Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev rasmiy tashrif bilan Janubiy Koreyaga tashrif buyurdi. 2004-yilda Janubiy Koreya prezidenti Roh Moo Hyun rasmiy tashrif bilan Qozogʻistonga keldi. Keyingi prezident Li Myon Bak 2009-yilda Qozogʻistonga tashrif buyurdi[3]. Prezident Pak Kin Xe 2014-yilda Qozogʻistonga tashrif buyurdi va Prezident Nazarboyev bilan iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni va texnologiyalar almashinuvini kuchaytirishga kelishib oldi[4].
Madaniy va taʼlimdagi aloqalar
tahrir2005-yilda Janubiy Koreya prezidenti Rohning Qozogʻistonga tashrifidan soʻng Koreyadagi Qozogʻistonshunoslik Uyushmasi tashkil etilgan. Uyushma ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarni yaxshilashga, shuningdek Qozogʻistondagi turli millat vakillarini akademik oʻrganishni yaxshilashga qaratilgan[5].
Koryo-saram
tahrir1930-yillarning oxirida Sovet Ittifoqidagi minglab koreyslar Yaponiyaning josusligini oldini olish uchun Markaziy Osiyoga deportatsiya qilingan. Bugungi kunda ushbu koreyslar Koryo-saram deb nomlangan. Maʼlumotlarga koʻra, Qozogʻiston hududida 100,000 koreys millati vakillari yashaydi. Ushbu etnik koreyslarning mavjudligi ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga yordam beradi[6].
Manbalar
tahrir- ↑ Kazakhstan Korean Ministry of Foreign Affairs
- ↑ Cooperation of the Republic of Kazakhstan with the Republic of Korea (Wayback Machine saytida 2011-07-27 sanasida arxivlangan) Kazakhstan Ministry of Foreign Affairs
- ↑ „Kazakhstan, S.Korea sign $5 bln worth of deals“. Reuters (13-may 2009-yil).
- ↑ „Kazakhstan, South Korea Expand Economic Ties“. The Astana Times.
- ↑ Kazakhstan folk dancing team performs in Korea[sayt ishlamaydi][sayt ishlamaydi]
- ↑ Joint Statement of the Republic of Korea and the Republic of Kazakhstan (Wayback Machine saytida 2011-05-19 sanasida arxivlangan) South Korean Ministry of Foreign Affairs (September 2004)