Qum (shahar)
Qum[2] (forscha: قم, ɢom) — Erondagi shahar. Tehron shahridan janubiy-sharqda joylashgan Qum ostonining maʼmuriy markazi hisoblanadi. Aholisi 777,6 ming kishi (1997). Transport yoʻllari chorrahasi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari mavjud. Qoʻlda gilam toʻqiladi, kulolchilik buyumlari tayyorlanadi. Shaharga 5-asrda sosoniylar podshohi Qubod 1 asos solgan. Abbosiylar davri (8-asrning 2-yarmi) da Q. yirik shaharga aylangan. Meʼmoriy yodgorliklardan Jome masjidi (11 — 12-asrlar), shialar imomi Muso al-Kozim qizi Fotima maqbarasi (16-asr) saqlangan. Q. shialarning Mashhaddan keyin Erondagi muqaddas shahri.
Qum forscha: قم | |
---|---|
shahar | |
34°38′46″N 50°52′44″E / 34.64611°N 50.87889°E | |
Mamlakat | Eron |
Oston | Qum |
Shahriston | Qum |
Hukumat | |
• Mer | Murtazo Sajayannajod |
Asos solingan | 805 |
Maydon | 123,073 km2 (47,519 kv mi) |
Dengiz sathidan | 935 m |
Iqlim turi | Issiq sahro iqlimi |
Aholisi (2012) |
1 071 503[1] |
Vaqt mintaqasi | UTC+3:30 |
Telefon kodi | +98 251 |
Pochta indeks(lar)i | 37100 |
|
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ World Gezatteer Bevölkerungsdaten 2012 ( at bevoelkerungsstatistik.de Error: unknown archive URL 20150721014531 sanasida arxivlangan)(olm.)
- ↑ Иран. Справочная карта (масштаб 1:1 250 000). Четвёртое издание — ГУГК СССР, 1986.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |