Qumi xonaqohi madrasasi
Qumi xonaqohi madrasasi — Samarqand madrasasi. Qumi xonaqohi madrasasi Ofarinkentdagi mashhur Qumi xonaqohi bilan bitta meʼmoriy inshoot boʻlgan. Vaqf hujjati mavjud boʻlib, unda xonaqoh yonidagi hujralarda talabalar yashashi hamda ularga shaʼriy ilmlardan dars oʻtilgani taʼkidlanadi[1]. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Hujjatning yana ikkita alohida qismi mavjud. Ulardan birinchisida hijriy 1011-yili (1602—1603) Xoja Qosim ibn Mirzo Qosim ushbu vaqf muklarini boshqaruvchisi ekanini qozi Yasovul ibn Turdi oqa, Ibodulla shayx ibn hoji Abdurahmon guvohligida tasdiqlangan. Mutavvali hosildan ushr olgan. Qolganini xonaqoh imorati zaruriyatiga sarflaydi. Undan ortib qolganidan uchdan bir qismi voqif avlodlariga boʻlib berilgan. Yana uchdan bir qismi shu xonaqoh masjidida besh vaqt namozni ado etishga xizmat qiluvchi imom, xonaqohda talabalarga dars beruvchi 1 nafar mudarris va musulmonlar ibodatiga chorlovchi muazzinga taqsimlangan. Mazkur hujjat bilan Samarqand viloyati vaqf ishlari boshqaruvchisi V.L Vyatkin ham tanishgan. Madrasa hujralarida ikki nafar talaba istiqomat qilgan. Uzurli sabasiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar oʻqishdan chetlashtirilgan. Madrasa mutavvali tomonidan nazorat qilib borilgan. Madrasa Pashanba tumanida joylashgan boʻlgan va mashhur madrasalardan biri boʻlgan. Rossiya imperiyasi davriga oid ushbu madrasaning vaqf hujjatlari saqlanib qolgan[2].
Madrasa | |
Qumi xonaqohi madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Samarqand viloyati |
Shahar | Samarqand |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Meʼmorchiligi
tahrirQumi xonaqohi madrasasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.