Qunduzak masjidi — Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida barpo etilgan masjid[1]. Masjid Koʻk Gumbaz masjidi qarama-qarshi tomonida joy olgan.

Masjid
Qunduzak masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Qashqadaryo
Shahar Shahrisabz
Manzil Kulollik koʻchasi 157

39°02′58″N 66°49′33″E / 39.0494°N 66.8257°E / 39.0494; 66.8257 G OKoordinatalari: 39°02′58″N 66°49′33″E / 39.0494°N 66.8257°E / 39.0494; 66.8257 G O

Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Meʼmor Mulla Joʻra Soʻfi, usta Almardon, usta Saidxoʻja
Binokorlik sanasi 1926-yil
Soʻngi imom Mallayev Jaloliddin
Holati yaxshi

Tarixi tahrir

Mazkur masjid hijriy 1345-yil (milodiy 1926-yil) da qurib bitkazilgan. Masjidning qurilishiga aloqador qoʻlyozmalarda yozilishicha, masjid qurilishida usta Mulla Joʻra Soʻfi, duradgor ustalardan esa usta Almardon va usta Saidxoʻjalar ishtirok etgan.

Tuzilishi tahrir

Masjid old tomoni chiroyli, naqshinkor koshin bezaklar bilan bezaklangan.

Taʼmirlash ishlari tahrir

Masjidning bir qismi 2002-yilda qisman taʼmirdan chiqqan. Bugungi kunga kelib masjid jom’e masjidi sifatida faoliyat olib boradi. Masjidda nomozxonlar besh vaqt namoz oʻqishlari mumkin.

Muhofaza qilinishi tahrir

Qunduzak masjidi Davlat yodgorliklarini saqlash roʻyxatiga kiritilgan. Shuningdek, mazkur obyekt UNESCOning umuinsoniy qadriyatlar kitobidan ham joy egallagan[2].

Manbalar tahrir

  1. „Qunduzak masjidi“. masjid.uz. Qaraldi: 08-2023.
  2. „Qashqadaryo viloyati“. uzbekistan.travel.uz. Qaraldi: 08-2023.