Radiomarkaz — radioaloqa va radioeshittirishni amalga oshirish uchun moʻljallangan inshootlar va texnik vositalar (antennalar, uzatuvchi va qabul qiluvchi apparatlar, tovush yozish apparatlari, kuchaytirgichlar va boshqalar) majmui. Vazifasiga koʻra, qabul qiluvchi, uzatuvchi va qabul qiluvchiuzatuvchi turlarga ajratiladi. Uzatish va qabul qilishdagi xalaqitlarni kamaytirish uchun uzatuvchi va qabul qiluvchi R.lar bir-biridan va sanoat korxonalaridan uzoqroqqa joylashtiriladi. Qabul qiluvchiuzatuvchi R.lardan harbiy ishda, ekspeditsiyalarda foydalaniladi. Ularni, Mas, kemalarga joylashtirish mumkin (yana qarang Radiostansiya).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil