Rahim Majidov (1930-yil 5-mart, Yusuf Xarrotiy, Samarqand – 2010-yil 20-dekabr, Dushanbe) – falsafa fanlari doktori (1982), professor (1987). Tojikistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1991).

Rahim Majidov
Tavalludi 5-mart 1930-yil
Samarqand, SSSR
Vafoti 20-dekabr 2010-yil(2010-12-20)
(80 yoshda)
Dushanbe, Tojikiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRTojikiston bayrogʻi Tojikiston
Sohasi Falsafa
Ish joylari Tojikiston Fanlar akademiyasi
Taʼlimi Samarqand davlat universiteti

Hayoti

tahrir

Rahim Majidov 1930-yil 5-martda Samarqand shahrida tugʻilgan. Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagan (1951-yil). Samarqand shahridagi 14-sonli umumtaʼlim maktabi, Samarqand viloyati Qoraqishloq (1951—1953) maktabi tarix fani oʻqituvchisi va oʻquv boʻlimi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. U 1953—1956-yillarda Samarqand davlat pedagogika instituti marksizm-leninizm kafedrasi oʻqituvchisi, laboratoriya assistenti lavozimida faoliyat yuritgan. U 1957—1960-yillarda falsafa kafedrasi oʻqituvchisi boʻlgan. Rahim Majidov 1960-yilda Dushanbe shahriga kelgan. Keyingi yillarda Tojikiston Fanlar akademiyasi falsafa boʻlimi kichik xodimi (1960—1962), SSSR Fanlar akademiyasining Falsafa instituti aspiranti (1962—1965) boʻlgan. Nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgandan soʻng esa (1965), Tojikiston Fanlar akademiyasi falsafa boʻlimida avval kichik, soʻngra katta ilmiy xodim (1966—1970), kafedra dotsenti, V. I. Lenin nomidagi Tojikiston davlat universitetida kafedra dotsenti (1970—1973), Tojikiston fanlar akademiyasi katta ilmiy-tadqiqot boʻlimi rahbari (1973—1983) oʻrnida faoliyat yuritgan. SSSR Fanlar akademiyasi (Moskva) qoshidagi AIJ Ilmiy ateizm institutida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan (1982). Tojikiston Fanlar akademiyasi din tarixi va ilmiy ateizm boʻlimi mudiri (1983-1991), xodim sifatida ishlagan. Tojikiston Fanlar akademiyasining akademik A.Bahovaddinov nomidagi Falsafa instituti falsafa tarixi va din boʻlimi mudiri (1992—2006) lavozimlarida faoliyat yuritgan[1].

  • Oyo dinhoi haqiqӣ hastand. – D., 1970;
  • Vazifahoi muhimi propagandai ilmӣ-ateistӣ. – D., 1971;
  • Preodoleniereligioznosti v usloviyax perexoda k sotsializmu, minuya kapitalizm. – D., 1973;
  • Rivoҷi ateizm dar Toҷikiston. – D., 1975; Taʼsirnokii targʻiboti ilmӣ-ateistӣ. – D., 1977;
  • Osobennosti formirovaniya ateisticheskogo mirovozzreniya jenщin (na materialax Tadj. SSR). – 1977;Islam. – D., 1980;
  • Nazariya va amaliyai tarbiyai ateistӣ. – D., 1978;
  • Islam i ateizm v voprosax i otvetax. – Tashkent, 1980 (soavtor);
  • Utverjdenie sotsialisticheskogo obraza jizni v respublikax Sovetskogo vostoka i ego vliyanie na protsess sekulyarizatsii (Na materialax Tadjikistana): Diss…doktora filos. nauk. – M., 1982; * Islam v SSSR. – M., 1983 (soavtor);
  • Tarzi hayoti sotsialistӣ va ateizm. – D., 1984[2].

Manbalar

tahrir
  1. Aslho va naslho. – Dushanbe, 2013, – S. 77. ISBN 978-99947-958-2-6.
  2. Arboboni ilmi toҷik (asri XX-avvali asri XXI) / Muallif-murattib Ёрмуҳаммади Сучонӣ. – Dushanbe, 2017. – S. 330-331.