Rajabboy Raupov

Oʻzbekistonlik yozuvchi

Rajabboy Raupovyozuvchi.

Rajabboy Raupov
Tavalludi 21-mart 1955-yil (1955-03-21) (69 yosh)
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Kasbi yozuvchi

Hayoti

tahrir

Rajabboy Raupov 1955-yil 21-martda Buxoro viloyati Shofirkon tumani Savrak qishlogʻida tugʻilgan. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakulteti (1978), Maksim Gorkiy nomidagi Moskva adabiyot institutining Oliy adabiyot kursini (1989) tugatgan[1]. „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“, „Xalq soʻzi“ „Ishonch“ gazetalarida boʻlim mudiri, „Oʻzbekiston tabiati“ va „Ipak yoʻli“ gazetalarining tashkilotchisi hamda bosh muharriri vazifasida faoliyat koʻrsatgan.

Asarlari

tahrir

Adibning ilk kitobi Oʻlmas Umarbekov soʻzboshisi bilan „Yurak sadosi“ (1981) nomida nashr etilgan. „Ona soʻz“ (1989), „Nur darvozasi“ (1998—2002), „Eʼtiqod“ (2002), „Oʻgʻil. Kurash. Ostona“,  „Ustun“ (2002—2005), „Osmonning egasi“, „Hayotimga suyqasd“ (2006) nomli nasriy kitoblari chop etilgan. Rajabboy Raupovning „Xalq soʻzi“ gazetasining ilk sonida Lev Tolstoy hayoti haqida „Ziyorat“ nomli hikoyasi bosilgan. „Osmonning egasi“, „Ostona“ va „Ona soʻz“ qissalari mashhur. U Buxoro shahrining 2500 yiligiga bagʻishlangan „Yurakdagi Buxoro“ (1998) toʻplamining tuzuvchisi va mualliflaridan biri. Rajabboy Raupovning „Ustun“ romanida akademik Habib Abdullayevning hayoti tasvirlangan. „Hayotimga suiqasd“ nomli hujjatli romani avtobiografik xarakterga ega. Hikoya va qissalari turk, qozoq, rus, polyak, gruzin tillarida chop etilgan.

Manbalar

tahrir