Ralph DePalma
Raffaele „Ralph“ De Palma (1882-yil 19-dekabr – 1956-yil 31-mart) — 1915-yilgi Indianapolis 500 musobaqasida gʻolib chiqqan poygachi. U italyan-amerikalik chempion hisoblanadi. U Xalqaro avtosport shon-shuhrat zaliga kirgan. Faoliyati davomida 2000 ga yaqin poygada gʻalaba qozongani taxmin qilinadi. DePalma 1908, 1909, 1910 va 1911-yillardagi Amerika AAA milliy dirt-trek chempionatlarida gʻolib chiqdi. American Champ car avtopoygalarida 24 ta gʻalaba qozongan[1]. U 1929-yilda Kanada milliy chempionatida g‘olib chiqdi[2]. DePalma 27 yillik faoliyati davrida 1,5 million dollar ishlab topgan[2]. U koʻplab shon-sharaf zallariga kiritilgan.
Ralph DePalma | |
---|---|
Tavalludi |
19-dekabr 1882-yil |
Vafoti |
31-mart 1956-yil (73 yoshda) South Pasadena (California) |
Fuqaroligi | AQSH, Italiya |
Faoliyati
tahrirItaliyaning Apuliya shtati, Bikkari shahrida tug‘ilgan DePalma oilasi 1893-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlariga koʻchib oʻtgan[3]. Yoshligida u velosiped poygalarida ishtirok etgan. Lekin yigirma ikki yoshida yaʼni 1909-yildan poygalarda ishtirok eta boshladi.
DePalma avtomobil poygalarida muvaffaqiyat qozondi. 1911-yilda DePalma birinchi Milwaukee Mile Championship Car poygasida gʻolib chiqdi. U 1912-yilgi Indianapolis 500da dramatik tarzda ikkinchi oʻrinni egallagan. 200 ta davraning 196 tasida peshqadamlik qilgan. Uning Mersedes avtomobili marraga yaqin ishdan chiqadi[4]. Oʻsha paytda faqat toʻliq 200 turni bosib oʻtgan avtomobillar mukofot pulini olishgan. Ushbu Mercedes Indianapolis Motor Speedway shon-shuhrat muzeyida namoyish etiladi.
Vafoti
tahrirU Kaliforniyaning Janubiy Pasadena shahridagi uyida saraton kasalligidan 1956-yil 31-martda 73 yoshida vafot etdi[2][5][6]. U Kaliforniyaning Kalver-Siti shahridagi Muqaddas Xoch qabristoniga dafn qilindi .
Mukofotlari
tahrir- 1973-yilda u Michigan shtatining Dirborn shahridagi Avtomobil shon-shuhrat zalining aʼzosi etib saylandi.
- 1991-yilda u Xalqaro avtosport shon-shuhrat zaliga kiritildi[3].
- 1991-yilda Milliy Sprint Avtomobil shon-sharaf zaliga nomi berilgan.
- 1992-yilda Amerikaning Motorsport shon-shuhrat zaliga kiritildi[7].
- 2006-yilda DePalma Elgin (IL) sport shon-shuhrat zaliga kiritildi.
Indianapolis 500 natijalari
tahrir
|
|
Manbalar
tahrir- ↑ „Biography“. Motorsports Hall of Fame of America (1992). 2008-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 5-fevral.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 DePalma, Oldtime Racing Great, Dies. Detroit Free Press (1956-yil 1-aprel).
- ↑ 3,0 3,1 „Biography“. International Motorsports Hall of Fame. 2008-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 5-fevral.
- ↑ „Biography“. Motorsports Hall of Fame of America (1992). 2008-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 5-fevral.
- ↑ „Ralph De Palma, Noted Racer, Dies. Driver Triumphed in 1915 at Indianapolis. Elected to Sport's Hall of Fame“. The New York Times. Associated Press (1956-yil 1-aprel). Qaraldi: 2012-yil 2-oktyabr. „Ralph De Palma, pioneer auto racer who probably won more races than any other driver in history, died today of cancer. His age was 72. ... De Palma, winner of the Indianapolis classic in 1915 and twice national champion in the era of Barney Oldfield and Eddie Rickenbacker, had been ailing for ...“.
- ↑ „Death Comes to DePalma. Famed Racing Driver Succumbs to Cancer“. Los Angeles Times (1956-yil 1-aprel). 2012-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 24-iyul. „Ralph DePalma, whose blazing career as an automobile racer won him acclaim as one of the greatest drivers of all time, died yesterday at his South Pasadena home at 73 years of age.“.
- ↑ Ralph DePalma at the Motorsports Hall of Fame of America
Havolalar
tahrir- Profile on Historic Racing[sayt ishlamaydi]
- Eng buyuk 33
- Ralph DePalma