Rambha - hind aktrisasi. Deyarli yigirma yillik faoliyati davomida Rambha sakkiz mintaqaviy tilda, asosan, telugu va tamil tillarida, malayalam, kannada va hind tillarida, bengal, bxojpuri va ingliz tillarida ishlangan 100 dan ortiq filmlarda suratga tushgan. U 90-yillarda Hindistonning taniqli aktrisalaridan biri edi.[3][4][5]

Rambha
Tavalludi
Vijayalakshmi[1]

1976-yil 5-iyun[2]
Hindiston Vijayawada
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi
  • Aktrisa
  • Shoularda hakam
Faoliyat yillari

1991-yildan 2011-yilgacha aktrisa

2017-yildan 2020-yilgacha teleshou hakami
Turmush oʻrtogʻi Indrakumar Pathmanathan
Bolalari 3

Yoshlik yillari tahrir

Rambha Vijayalakshmi sifatida Andxra-Pradesh shtatining Vijayavada shahrida 1976-yil 5-iyunda telugu oilasida tugʻilgan.[6] U Vijayavadadagi Atkinsons kattalar oʻrta maktabida oʻqigan. U 7-sinfda oʻqiyotganda, maktabining yillik tadbirda Ammavaru (Ona maʼbuda) rolini bajargan.[7] Tadbirda rejissor Xarixaran ishtirok etgan. Rejissor Rambha bilan bogʻlanadi va keyinchalik uni malayalam filmi "Sargam"ning ayol bosh rolini ijro etishga taklif beradi. Uning ekrandagi birinchi ismi Amruta edi. Keyinchalik u telugu tilidagi debyut filmi „Aa Okkati Adakku“dagi qahramon nomidan kelib chiqib, oʻz nomini Rambha ismiga oʻzgartiradi.

Faoliyati tahrir

Rambha 15 yoshida taʼlim olishdan voz kechdi va keyin oʻz faoliyatini Xarixaranning Vineeth qarshisidagi „Sargam“(1992) nomli malayalam tilidagi filmida rol ijro etishdan boshladi. Film kassada yaxshi daromad keltirdi. Rambha rejissor E.V.V. Satyanarayana eʼtiboriga tushdi. Keyin uni telugu filmi „Aa Okkati Adakku“ (1992) deb nomlangan filmga suratga tushishga chaqirdi. Filmda u Rajendra Prasad bilan juftlikda suratga tushdi.[8] Filmda u oʻzini yaxshi koʻrsata oldi. Hindiston boʻylab bir nechta kino sanoatining vakillari tomonidan aktrisaga bir nechta filmda rol oʻynash takliflarini berildi. 1990-yillarning oxirida oʻz karyerasining eng yuqori choʻqqisiga chiqdi. Rambha ataylab film takliflarini koʻpaytirish uchun jozibali rollarni tanlashda davom etdi. Chiranjeevi rolini oʻynagan „Hitler“ (1997) kabi muvaffaqiyatli filmlarda Rambha sujetga ahamiyat bermay, faqat bosh aktyorning sevgilisi sifatida tasvirlanadigan rollarda ijod qilgan.[8]

U produserlik faoliyatini akasining yordami bilan “Three Roses"(Uch atirgul) (2003) filmida boshlagan. Unda Jyotika, Layla va Rambha bosh qahramonlarni ijro etgan. Biroq, film kassada muvaffaqiyatsizlikka uchradi va film chiqqandan keyin u katta qarzga botib qoldi.[9] U qarzni toʻlash uchun Chennai togʻidagi uyini sotdi.[10]

Rambha bir necha tillarda rollar ijro qilgan va har doim malayalam, telugu, tamil, hind, kannada, bhojpuri va bengal tillarida muvaffaqiyatli ishlab kelgan. 2010-yilda Rambha Prakash Raj bilan birga „Vidiyum Varai Kathiru“ nomli triller filmi uchun suratga tushdi. Film uch tilda, yaʼni tamil, telugu va malayalam tillarida suratga olingan, ammo film kinoteatrlarda namoyish etilmagan.[11]

Turmushga chiqqanidan keyin u filmlardagi mashhurligi yoʻqolganini his qilgani uchun filmlardan voz kechdi. Chunki u avvalgidek yaxshi rollarga ega emasligini payqab qoldi. Shunda u juda mashhur Tamil telekoʻrsatuvi "Maanada Mayila"da va telugu raqs shoularida hakamlik qildi. Uzoq tanaffusdan soʻng u Torontodan qaytib keldi. „Zee Telugu“ning raqs shousi ABCD-Anybody Can Dance hakami sifatida ishladi va Vijay TVda „Kings of Comedy Juniors“da hakamlik qildi.

U Chennai shtatidagi Kolors sogʻliqni saqlash kompaniyasining mahsulot brendi elchisi.[12]

Shaxsiy hayoti tahrir

Rambha 2010-yil 8-aprelda Tirumala shahridagi Karnataka Kalyana Mandapamda yashovchi Shri-Lankalik tamil tadbirkori Indrakumar Patmanatanga turmushga chiqdi.[13] Ular Torontoga hayot kechirdi. Ularning ikki qizi va bir oʻgʻli bor.[14][15][16]

Filmografiyasi tahrir

  • U eng koʻp rol oʻynagan filmlari.

Telugu tahrir

Year Film Role
1992 Aa Okkati Adakku Rambha
1993 Evandi Aavida Vachindi Jhansi
Tholi Muddhu Divya
Rowdy Annayya
Chinna Alludu
1994 Sarigamalu Jyothi
Bhairava Dweepam Yakshini
Namaste Anna
Pachcha Toranam Latha Devi
Hello Brother Herself
Bangaru Kutumbam Pushpa
Muddula Priyudu Usha
Allari Premikudu Bhavani
Hello Alludu
M Dharmaraju M.A
1995 Alluda Majaka Bobby
Maato Pettukoku Lakshmi
Maya Bazaar Herself
Vetagadu
Khaidi Inspector
1996 Bombay Priyudu Raga Sudha
Sri Krishnarjuna Vijayam Apasara
Akkada Ammayi Ikkada Abbayi Herself
1997 Hitler Bujji
Mama Bagunnava Jaya
1998 Ganesh Priya
Bavagaru Bagunnara? Swapna
Love Story 1999 Swapna
1999 Mechanic Mavayya Rani
Iddaru Mitrulu Herself
2000 Kodanda Ramudu Mounika
Okkadu Chaalu Rambha
Choosoddaam Randi Geeta
Moodu Mukkalaata Lahari
2001 Mrugaraju Herself
2003 Sriramachandrulu Sundari Devi
Naaga Herself
2005 Alex Kiran TV News Reporter Deepika
2006 Neeku Naaku Lakshmi
Gopi – Goda Meeda Pilli Goddess Lakshmi
2007 Desamuduru Herself
Yamadonga Herself
2008 Donga Sachinollu Kavya

Tamil tahrir

Yil Film Rol Izohlar
1993 Uzhavan Eshvari Maxsus koʻrinish
1996 Ullathai Allitha Indhu Debyut Tamil filmi
Sengottai Yamuna
Sundara Purushan Valli
Sivasakthi Priya
1997 Dharma Chakkaram Vijayalakshmi
Arunachalam Nandhini
Raasi Meena
V.I.P Indhu
Adimai Changili Radha
Janakiraman Gayathri
1998 Ninaithen Vandhai Swapna Nomzod - Filmfare mukofoti eng yaxshi aktrisa uchun - Tamil
Kaathala Kaathala Janaki
Desiya Geetham
1999 Endrendrum Kadhal Menu
Kadhalar Dhinam Oʻzi „Oh Mariya“ qoʻshigʻida koʻrinishi
Poomagal Oorvalam Kavitha
Suyamvaram Urvashi
Minsara Kanna Priya
Unakkaga Ellam Unakkaga Indhu
Unnaruge Naan Irundhal Oʻzi
2000 Sudhandhiram Divya
Kunguma Pottu Gounder Alamelu Kandxasami
Anbudan Nimmi
2001 Aanandham Renuka Madhavan
Azhagaana Naatkal Indhu
2003 Military Lakshmi
Three Roses Chaaru
Banda Paramasivam Manju Cheran
2004 Chatrapathy Oʻzi „Ore Oru Raathirikku“ qoʻshigʻida koʻrinishi
Azhagiya Theeye Oʻzi „Dil Mera Loot Liya“ qoʻshigʻida roli
2005 Sukran Oʻzi „Saathikadi“ qoʻshigʻida koʻrinishi
2009 Oru Kadhalan Oru Kadhali Lakshmi
2010 Pen Singam Mythili

Hind tahrir

Yil Film Rol
1995 Jallaad Krantining sevgilisi
1996 Jurmana
Daanveer Chitra
Jung Madhu
1997 Qahar
Judwaa Rupa
Sajna
1998 Gharwali Baharwali Manisha Verma
Bandhan Jyoti
1999 Main Tere Pyaar Mein Pagal Sonali
2000 Krodh Puja Varma
Beti No.1 Priya Bhatnagar
Dil Hi Dil Mein Maxsus koʻrinish
2001 Kyo Kii... Main Jhuth Nahin Bolta Tara
2002 Jaani Dushman: Ek Anokhi Kahani Nita
Pyaar Diwana Hota Hai
2004 Dukaan: Pila House Kasturibay

Kannada tahrir

Yil Film Rol
1993 Server Somanna Sudha
Kempaiah IPS
1999 O Premave Prema
2000 Panchali
2001 Baava Baamaida
2004 Sahukara Ranganayaki
2005 Pandu Ranga Vittala Rambha
2006 Gandugali Kumara Rama
2007 Anatharu Oʻzi

Malayalam tahrir

Yil Film Rol
1992 Sargam Thangamani
Champakulam Thachan Devi
1998 Sidhartha Gema
2003 Chronic Bachelor Bhama
2004 Mayilattam Mythili
2005 Kochi Rajavu Meenakshi
2007 Payum Puli Malli
2008 Kabadi Kabadi Puja/Sneha
2011 Filmstar Rambha

Bengal tahrir

Yil Film Rol Izohlar
2005 Dada Meera
2005 Chita
2006 Refugee Julie

Bxojpuri tahrir

Yil Film Rol Izohlar
2007 Ram Balram Mausammi
Rasik Balma Nandita
Banke Bihari MLA Yurist Nagmani almashtirdi[17]

Ingliz tahrir

Yil Film Rol Izohlar
2009 Quick Gun Murugan Mango Dolly

Televideniye tahrir

Yil Seriallar/shoular Kanal Izohlar
2009-2012 Manada Mayilada Kalaignar TV 2, 3, 5 va 7-mavsum uchun hakam sifatida
2011 Dhee Ultimate Dance Show ETV Telugu 4-mavsum uchun hakam sifatida
2014 Back to School Star Vijay Ishtirokchi
2014 Jodi No 1 Star Vijay 8-mavsum uchun hakam sifatida
2014 Soundarya Lahari E-TV Mehmon
2017 ABCD-Anybody Can Dance Zee Telugu Hakam
2017 Kings of Comedy Juniors Star Vijay Hakam

Manbalar tahrir

  1. PTI. „Actress Rambha moves court for legal custody of children“. The Economic Times (4-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 5-iyun 2021-yil.
  2. „20 साल में इतनी बदल गई 'जुड़वा' गर्ल, फिल्में छोड़ कर रही बेटियों की परवरिश“ (hi). Dainik Bhaskar (5-iyun 2017-yil). Qaraldi: 15-may 2019-yil.
  3. „In Fiji they planted a tree called Rambha Tree“. Indian Express (8-iyun 2010-yil). 24-dekabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-yanvar 2014-yil.
  4. „Rambha's dumb blonde act“ (inglizcha). India Today (12-avgust 2009-yil). Qaraldi: 17-yanvar 2021-yil.
  5. „Judwaa Actress Rambha Shares Photos From Her Birthday Bash“ (inglizcha). News18 (6-iyun 2022-yil). Qaraldi: 26-iyun 2022-yil.
  6. References for the subjectʼs ethnicity:

    „రంజు భలే 'రంభ' చిలకా!“ (te). NTV (4-iyun 2021-yil). 19-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-mart 2022-yil.
  7. „Watch Back to School episode 2 Online on hotstar.com“. Hotstar. Qaraldi: 3-iyun 2018-yil.
  8. 8,0 8,1 „I crave for attention“. rediff.com. Qaraldi: 3-iyun 2018-yil.
  9. P. Sreekumaran. „Rambha regains reel happiness!“. Apunkachoice.com (19-iyul 2005-yil). 21-noyabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-iyun 2018-yil.
  10. „Rambha comes clean“. IndiaGlitz.com (29-yanvar 2005-yil). Qaraldi: 3-iyun 2018-yil.
  11. Udasi. „Rambha ho!“. The Hindu (27-avgust 2009-yil).
  12. „Kolors Weight Loss Treatment Reviews-Actress Ramba“. Kolors Health Care (14-iyul 2017-yil). 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-iyun 2018-yil.
  13. „Ramba's wedding, a grand affair“. IndiaGlitz.com (9-aprel 2010-yil). Qaraldi: 8-yanvar 2020-yil.
  14. Ramchander. „Rambha's Marriage Ends?“. FiLMiBEAT (17-oktabr 2013-yil).
  15. „Actress Rambha delivered a baby girl in Mount Sinai Hospital, Toronto, Canada. Both baby and mother are fine.“. Times of India (18-yanvar 2011-yil). Qaraldi: 3-iyun 2018-yil.
  16. „Rambha welcomes her third child and it is a boy“ (inglizcha). India Today (25-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 6-aprel 2020-yil.
  17. Subhash K., Jha. „Rambha replaces Nagma in Ravi Kishan's films : Bollywood News - Bollywood Hungama“ (inglizcha). Bollywood Hungama (24-mart 2007-yil). Qaraldi: 10-mart 2022-yil.

Havolalar tahrir