Randall Azofeifa Korrales (talaffuzi: Rendal Asofeyfa) (1984-yil 30-dekabrda tugʻilgan) — Kosta-Rikalik proffesional yarim himoyachi, hozirda San-Josening Sporting klubida oʻynaydi.

Randall Azofeifa
Azofeifa in 2012
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Randall Azofeifa Corrales
Tavallud sanasi 30-dekabr 1984-yil (1984-12-30) (39 yosh)
Tavallud joyi San José, Kosta-Rika
Boʻyi 1.82 m[1]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Herediano
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1997—2001 Saprissa
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001—2006 Saprissa 48 (26)
2006—2011 K.A.A. Gent 140 (40)
2011—2013 Gençlerbirliği 70 (7)
2013—2014 Kayseri Erciyesspor 17 (1)
2014 CS Uruguay 10 (1)
2015—2021 Herediano 230 (46)
2021- Sporting San José 31 (11)
Milliy terma jamoa
2005- Kosta-Rika 60 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2-iyun uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2018-yil 27-iyun uchun)

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Azofeifa " Deportivo Saprissa " jamoasi bilan ikki marta milliy chempionat, UNCAF Millatlar kubogi va KONKAKAF Chempionlar kubogi chempionligini qoʻlga kiritgan. U oʻz jamoasi bilan 2005-yilgi FIFA Klublar oʻrtasidagi Jahon Chempionati Toyota kubogida ishtirok etgan va u yerda San-Paulu va Liverpool jamoalaridan keyin uchinchi oʻrinni egallashda muhim rol oʻynagan. Azofeifa 2006-yilda Belgiyaning Jupiler ligasidagi " Gent " klubiga qoʻshilgan[2].

Turkiya tahrir

2011-yilning yanvarida u 1,6 million yevro evaziga Turkiyaning "Gençlerbirliği" jamoasiga oʻtgan va 2013-yilning may oyida " Kayseri Erjiyesspor "klubi bilan shartnoma imzolagan.

2014-yil sentabrida Azofeifa Kosta-Rikaga qaytib, Urugvay Koronado jamoasida oʻynagan va 2015-yil yanvarida Heredianoga qoʻshilgan.

Xalqaro faoliyati tahrir

Azofeifa 2001-yilda Trinidad va Tobagoda boʻlib oʻtgan 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. 2014-yilning yanvar oyi holatiga koʻra, Azofeifa Kosta-Rika terma jamoasida 35 ta oʻyinda maydonga tushgan, jumladan 2006-yilgi Jahon chempionati va 2010-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlarida. 2006-yilgi jahon chempionatida Kosta-Rika terma jamoasi safida bir marta maydonga tushgan. Azofeifa 2007-yilgi KONKAKAF Oltin Kubogida toʻrtta oʻyinda maydonga tushgan[3].

2018-yilning may oyida u Kosta-Rikaning 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionati uchun 23 kishilik tarkibiga kiritilgan[4].

Yutuqlari tahrir

KAA Gent
  • Belgiya kubogi : 2009—2010

Faoliyat statistikasi tahrir

Xalqaro tahrir

Kosta-Rika
Yil Oʻyin Gollar
2005 2 0
2006 7 0
2007 7 0
2008 4 1
2009 3 0
2010 3 0
2011 6 0
2012 3 0
2013 0 0
2014 0 0
2015 2 0
2016 10 2
2017 9 0
2018 2 0
Jami 58 3

Xalqaro maydondagi gollar tahrir

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 21.06.2008 Estadio Ricardo Saprissa, San-Xose, Kosta-Rika   Grenada 3 — 0 3-0 2010-yilgi jahon chempionati saralashi
2. 2.09.2016 Stade Silvio Cator, Port-o-Prens, Gaiti   Gaiti 1 — 0 1-0 JCH-2018 saralashi
3. 8.10.2016 „Krasnodar“ stadioni, Krasnodar, Rossiya   Rossiya 1 — 0 4-3 Oʻrtoqlik

Manbalar tahrir

  1. „2018 FIFA World Cup Russia – List of Players“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2018-yil 4-iyun). 2018-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-iyun.
  2. „Randall Azofeifa“. Sport.be. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-oktabr 2008-yil.
  3. „CONCACAF Championship, Gold Cup 2007 – Full Details“. RSSSF. Qaraldi: 29-oktabr 2008-yil.
  4. „Costa Rica national team World Cup squad: Oscar Ramirez names 23-man roster featuring Keylor Navas, six MLS players | Goal.com“.