Raniya Avaad – misr-amerikalik islom olimasi, psixiatr va professor. Avaad Stenford Psixiatriya va xulq-atvor fanlari boʻlimining klinik dotsenti[1]. Avaad islom va psixologiya hamda musulmon amerikaliklarning ruhiy salomatligi haqidagi ishlari bilan tanilgan.

Raniya Avaad
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi islom olimasi, psixiatr va professor

Hayoti

tahrir

Avaad amaliyotchi psixiatr va Stenford universiteti professor boʻlib, u yerda Diversity Clinic va Musulmon ruhiy salomatligi laboratoriyasi direktori va Diversity boʻlimi boshligʻi hisoblanadi[2]. Avaad musulmon amerikaliklar orasida ruhiy salomatlik faollaridan biridir[3][4].

Avaad 14 yoshidan Suriyaning Damashq shahrida islom dinini oʻrgangan[1]. U Qur’onning Hafs va Varsh qiroatlarida tajvidni oʻrgatish uchun ijozat oldi. Shofeʼiy fiqhiy matnlari va Molikiy fiqhi, adab va ehsonda ham ijozat olgan[5].

Avad Zaytuna kollejida islom huquqi boʻyicha birinchi ayol professor boʻlib, u yerda Shofeʼiy fiqhi, ayollarning fiqhi masalalari va Qurʼondan dars bergan[2].

U, shuningdek, Ijtimoiy siyosat va tushunish instituti va Yaqeen institutida katta ilmiy xodimdir[2][6].

Ishlari

tahrir

Kitoblari

tahrir
  • Islamophobia and Psychiatry: Recognition, Prevention, and Treatment (Islomofobiya va psixiatriya: tan olish, oldini olish va davolash) Ahmad Zakaria Hankir, H. Steven Moffic, Jon Piteet va Rania Awaad tomonidan tahrirlangan (Springer International Publishing, 2018)
  • Applying Islamic Principles to Clinical Mental Health Care: Introducing Traditional Islamically Integrated Psychotherapy (Klinik ruhiy salomatlikni saqlashda islom tamoyillarini qoʻllash: anʼanaviy islomiy integratsiyalashgan psixoterapiyani joriy etish) Bilol Ali, Fahad Xon, Xuman Keshavarzi va Raniya Avaad tomonidan tahrirlangan (Teylor va Frensis, 2020)

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Rania Awaad, MD's Profile | Stanford Profiles“ (en). profiles.stanford.edu. Qaraldi: 2022-yil 27-may.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Rania Awaad | ISPU“ (en-US) (2020-yil 18-avgust). Qaraldi: 2022-yil 27-may.
  3. „For some US Muslims, raw talk on suicide, mental health“ (en). AP NEWS (2021-yil 27-iyun). Qaraldi: 2022-yil 28-may.
  4. Kouser. „Muslims face a suicide crisis in America. The taboo of talking about it must end.“ (en-US). USA TODAY. Qaraldi: 2022-yil 28-may.
  5. „Dr.Rania Awaad – Khalil Center“ (en-US). Qaraldi: 2022-yil 28-may.[sayt ishlamaydi]
  6. „Dr. Rania Awaad“ (en). Yaqeen Institute for Islamic Research. Qaraldi: 2022-yil 28-may.