Ravil Galimov (ruscha: Галимов, Равиль; 1967-yil, Denov) Surxondayo futbol maktabi tabiyalanuvchisi va uzoq yillar Termizning „Surxon“ klubida oʻynagan. Yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.

Ravil Galimov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ravil Galimov
Tavallud sanasi 1-yanvar 1957-yil (1957-01-01) (67 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston SSR Denov, Oʻzbekiston SSR
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1974-1980 Sovet Ittifoqi Avtomobilist 9+ (3+)
1977-1978 Sovet Ittifoqi Gatchina - (-)
1980-1984 Sovet Ittifoqi Qarshistroy 11+ (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Ravil dastlab Denov sport maktabida taxsil olgan. 1970-yil Denov yoshlar terma jamoasi murabbiyi Lavrentiy Avanesov Ravil Galimovni tarkibga qoʻshib olgan. Ittifoq mintaqalarida tashkil etilgan „Charm toʻp“ turnirida ishtirok etgan Denov yoshlar terma jamoasi, viloyatda birinchi oʻrinni egallagan va Navoiy shahrida boʻlib oʻtgan Respublika turnirida ishtirok etgan.

1973-1974-yillar Ravil Galimov viloyat futbol terma jamoasi safidan joy egallagan. Ravil Galimov talabalik davridayoq Termizning „Avtomobilist“ futbol jamoasi oʻrinbosarlari tarkibida oʻynay boshlagan. Oʻshanda, „Avtomobilist“ jamoasi sobiq SSSR chempionatlarining 2-ligasi 7-mintaqasida ishtirok etgan[1][2][3].

1976-yilning noyabr oyida Ravil Galimov harbiy xizmatga chaqirilgan. Xizmat davrida haam u oʻz kasbini davom ettirgan holda Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg)ning Gatchina shahar terma jamoasi tarkibida oʻynagan.

Ravil Galimov professional futboldagi faoliyatini 1984-yilda yakunlagan.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir