Ravshan Namozov

oʻzbekistonlik qoʻshiqchi va bastakor

Ravshan Namozov (1961-yil 10-iyul, Termiz, Surxondaryo viloyati, OʻzSSR — 2022-yil 24-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik qoʻshiqchi va bastakor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1993).

Ravshan Namozov
Tavalludi 10-iyul 1961-yil
Vafoti 24-sentyabr 2022-yil(2022-09-24)
(61 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Janrlar folk pop
Faoliyat yillari 1989—2022
Guruhlari Qars
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Amplua qoʻshiqchi, bastakor

Hayoti

tahrir

Ravshan Namozov 1961-yil 10-iyul kuni Termiz shahrida sanʼatkor Abdurahmon Namozov oilasida dunyoga kelgan[1]. Termiz musiqa bilim yurtini tamomlagan, u yerda oʻz otasi Abdurahmon Namozov va Shokir Mahmudovdan saboq olgan[2][3]. U 1985-yil Germaniyada oʻtkazilgan „Yoshlar festivali“[4] va 1990-yil Olmaotada oʻtkazilgan „Osiyo ovozi“ birinchi xalqaro festivalida gran-prini qoʻlga kiritgan[5].

Ravshan Namozovda 2-darajali gipertoniya aniqlangan, u 7 yil davomida bu kasallikka qarshi muolajalar olib yurgan. 2022-yil yanvar oyida Ravshan Namozov ogʻir holda gematologik shifoxonaga yotqizilgani va unga toza qon kerakligi, aks holda, qoʻshiqchining hayoti xavf ostida qolishi haqida xabarlar tarqaldi[6]. Oʻzbek estradasi vakillari oʻz ijtimoiy tarmoq sahifalarida Ravshan Namozovning hayotini saqlab qolish uchun xayriya puli yigʻish ishlarini boshladilar[7].

Qoʻshiqchining singlisi Malika Namozova akasiga yordam kerakligi haqida shunday degan:

Haqiqatan ham akamning sog‘lig‘ida muammo bor. U bir necha kundan buyon kasalxonada. Akam 7 yildan buyon 2-darajadagi xafaqon xastaligi bilan kurashadi. Qonga zarurat bo‘lgani uchun yaxshi insonlarning ko‘magiga muhtojmiz. Qon guruhining ahamiyati yo‘q, faqatgina kasallanmagan, sog‘lom insonning qoni bo‘lsa bas. Iltimos, akam sog‘ayib, oyoqqa turib ketishiga ko‘mak beringlar[8].

2022-yil 24-sentyabrda oʻzbekistonlik qoʻshiqchi Mohira Asadova va shoir Bobur Bobomurod Ravshan Namozovning vafot etgani haqida xabar tarqatdilar[9]. „Oʻzbekkonsert“ DUK oʻz rasmiy Telegram kanalida Ravshan Namozovning vafoti munosabati bilan taʼziyanoma yozdi[10]. Avvaliga oʻlim sababi ochiqlanmadi, keyinroq, xonanda uzoq davom etgan gipertoniyadan vafot etgani haqida maʼlumot berildi[3].

Ravshan Namozov oʻz ijodini 1989-yilda tuzilgan „Qars“ guruhida boshlagan. 1991-yildan yakkaxon chiqishlar qilgan. 1993-yil „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoniga sazovor boʻlgan[1].

Ravshan Namozov zamonaviy uslubda aytilgan surxon qoʻshiqlari bilan tanilgan[3]. Uning „Xayol“, „Yor-yor yoron-ey“, „Biyo-biyo“, „Chipradalli“, „Kovushim“, „Mana shunaqa“ kabi qoʻshiqlari xalq orasida ancha mashhurlikka erishgan[1][2][3][4][9].

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „Скончался заслуженный артист Узбекистана Равшан Намозов“ (ruscha). Nuz.uz (2022-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 24-sentyabr 2022-yil.[sayt ishlamaydi]
  2. 2,0 2,1 „Скончался заслуженный артист Узбекистана Равшан Намозов“ (ruscha). STV.uz (2022-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 24-sentyabr 2022-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Қўшиқчи Равшан Намозов оламдан ўтди“. Ozodlik (2022-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 24-sentyabr 2022-yil.
  4. 4,0 4,1 „Скончался заслуженный артист Узбекистана, певец и композитор Равшан Намозов“ (ruscha). Podrobno.uz (2022-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 24-sentyabr 2022-yil.
  5. „Равшан Намозов – Гран-При «Азия Даусы» – 1990“. Mover.uz. baik (2015-yil 10-iyun). Qaraldi: 24-sentyabr 2022-yil.
  6. „Певец Равшан Намозов в тяжелом состоянии находится на лечении в гематологической больнице“ (ruscha). Repost.uz (2022-yil 9-yanvar). Qaraldi: 24-sentyabr 2022-yil.
  7. „Узбекские звезды объявили сбор средств для тяжелобольного певца Равшана Намозова“ (ruscha). People.uz (2022-yil 8-yanvar). Qaraldi: 24-sentyabr 2022-yil.
  8. „Xonanda Ravshan Namozov og‘ir ahvolda gematologiya shifoxonasida davolanayotgani ma’lum qilindi“. Daryo.uz (2022-yil 7-yanvar). Qaraldi: 24-sentyabr 2022-yil.
  9. 9,0 9,1 „Скончался заслуженный артист Узбекистана Равшан Намозов“ (ruscha). Kun.uz (2022-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 24-sentyabr 2022-yil.
  10.   O'zbekkonsert.uz / Rasmiy kanal Telegram mesenjerida