Begmatov Ravshanbek (1984-yil, 2-mart; Dangʻara tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbek siyosatchisi, agronom. Agrar va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati. Oʻzbekiston Ekologik partiyasining aʼzosi[1].

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 2-aprel 1984-yil (1984-04-02) (40 yosh)
Fargʻona viloyati Oʻzbekiston SSR, SSSR
Maʼlumoti Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti

Hayoti

tahrir

Begmatov Ravshanbek Berdalievich 1984-yil 2-martda Fargʻona viloyatining Dangʻara tumanida tugʻilgan. 2005-yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tugatgan, oliy maʼlumotli agronom. 2005-yildan 2014-yilgacha Fargʻona viloyati yetakchi mutaxassisi, keyinchalik bosh mutaxassisi, soʻngra Vodokontrol inspeksiyasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan. Biroz vaqt oʻtgach, u Sirdaryo-Suxskiy sugʻorish tizimlarini havzasini boshqarish boʻyicha birinchi oʻrinbosar lavozimiga tayinlandi. 2014-2019 yillarda u Katta Fargʻona magistral kanali boʻlimi boshligʻi boʻlgan. 2019-yildan boshlab u Fargʻona vodiysi kanallarini ekspluatatsiya qilish boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi[2].

Manbalar

tahrir
  1. https://lex.uz/docs/5106485
  2. „arxiv nusxasi“. 25-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-aprel 2021-yil.