Razzoq Hasanov – 1922-yil Xorazm viloyati Gurlan tumanida tugʻilgan.[1] U Xorazmdagi eng mashxur lazgichi raqsini ijro qiluvchilardan biri edi.[2] 1938-yil Gʻulom Zafariyning „Xalima“ spektaklida qush sayrashini ijro etgan holda sanʼat olamiga kirib keldi. U Gurlan teatrida ishlagan. Gurlan teatri 1938-yilda tashkil etilgandir. Razzoq Hasanov biroz muddat bu yerda ishlagan Toshkentga borib oʻzini ustida ishlagan, malakasini oshirgan. Toshkentdagi Filarmoniyada Ustoz Olim Komilovdan taʼlim olib, doira chalish sirlarini oʻrgangan. Toshkentdan qaytgandan keyin u yana Gurlan teatrida ishlay boshladi. Koʻp oʻtmay teatrda musiqa rahbari lavozimiga koʻtarildi.

Razzoq Hasanov
Tavalludi 1922-yil Gurlan
Vafoti 2017-yil
Fuqaroligi Oʻzbekiston

Pyesalar

tahrir

U bir qator pyesalar namoyish qildi. Bular; „Xalima“, „Tuxmatchilar“, „Arshin molalan“, „Kim oʻgʻri“, „Tuxmatchilar jazosi“ va boshqa bir pseyalar.[1]

Kasbdoshlari

tahrir

Razzoq Hasanov u bilan Gurlan teatrida ishlagan sanatkorlar: Abdulla eshchanov, Lolaxon Eshchanova, moʻminjon Abduqodirov, Ibrohim Ismoilov, Oʻroggul Gʻoipov, Poshsha davletova, Norgul Allaberganova, Bibijon Iskandarova, Zarif Latipov, Xudoyor Qurolov, Ayxon Ataboyeva, Muhammadjon Karimov, Karim ota Nazarov, Qodir Karimov, Komiljon Otaniyozov, Xoljonoy Karimova va boshqalar.

Gasrtollari

tahrir

1939-yilda Xorazmdagi Toshsaqa kanalidagi hasharchilar uchun turli xil pyesalar namoyish qilgan. Bu gastrolda u bilan Abdulla eshchanov, Lolaxon Eshchanova, Moʻminjon Abduqodirov, Ibrohim Ismoilov, Oʻroggul Gʻoipov, Poshsha davletova, Norgul Allaberganova, Bibijon Iskandarova, Zarif Latipov, Xudoyor Qurolov, Ayxon Ataboyeva, Muhammadjon Karimov, Karim ota Nazarov, Qodir Karimov, Komiljon Otaniyozov, Xoljonoy Karimovalar qatnashgan.

Saxtiyon qishlogʻi

tahrir

Gurlan hududidan oʻtgan Qilichniyozbiy kanalini qazish va tozlalsh uchun saxtiyon qishlogʻida pyesalar namoyish qilgan.

Urush yillari

tahrir

1942-1945 yillarda Razzoq Hasanov 2-jahon urushida qatnashgan. Pskov, Moskva, Ivanovodagi janglarda qatnashdi.

Festivallar

tahrir

1957-yilda Moskvada oʻtkazilgan 6-jahon yoshlar festivalida qatnashib maxsus mukofot olgan va festival laurenti boʻlgan. 1968-yil Toshkentdagi Respublika sanatkorlar festivalida qatnasgdi. 1977-yil „Marxabo talantlar“ Respublika festivalida Gurlanlik safdoshlari bilan qatnashdi.[1]

Filmlardagi ijrolari

tahrir

"Mukarrama Turgʻunboyeva", „Sovetskiy Uzbekistan“, „Xiva vaqti bilan soat 7-00 da“ film konserti, „Sehrli Olma“ filmlarida rol ijro qilgan.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Xorazm va Xorazmliklar. Toʻrtinchi kitob. Umid Bekmuhammad. Buxoro. 2022.
  2. https://cyberleninka.ru/article/n/xorazm-lazgi-raqsining-o-rganish-tarixidan-parchalar/pdf