Refat Abdurahmon oʻgʻli Chubarov (1957-yil 22-sentyabrda tugʻilgan) – qrimlik siyosatchi va jamoat arbobi. Ukraina va butun dunyo boʻylab Qrim-tatar milliy harakati rahbari.

Refat Chubarov

Chubarov 2014 yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 22-sentyabr 1957-yil
Samarqand, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi
Millati tatar
Siyosiy partiyasi Kuch va sharaf

Hayoti

tahrir

Chubarov 1957-yil 22-sentyabrda Oʻzbekiston SSRning Samarqand shahrida tugʻilgan. Uning oilasi 1944-yilda Sovet hokimiyati tomonidan Ay Serez qishlogʻidan (hozirgi Mijrichiya, Sudak munitsipaliteti) deportatsiya qilingan qrim-tatarlardan boʻlgan. Uning otasi Abduramon Seytasan oʻgʻli Chubarov (1931-2014)[1][2]. 1968-yilda Chubarovlar oilasi oʻz yurtiga qaytishga ruxsat berildi. Lekin ular Qrimning janubiy qirgʻogʻiga emas Privilnaga (Krasnoperekopsk tumani) joylashdi[1][2].

Chubarov 1983-yilda Moskva davlat tarix institutini tamomlagan. Oʻqishni tamomlagandan soʻng 1990-yil sentyabrgacha Rigadagi Oktyabr inqilobi va Latviya SSR Sotsialistik qurilishi markaziy davlat arxivida ishlagan. 1989-yildan 1991-yilgacha Chubarov Riga shahar kengashida mintaqaviy vakil, Latviya Xalq fronti fraksiyasi aʼzosi sifatida Latviyaning Sovet Ittifoqidan mustaqil boʻlishini yoqlagan[3].

2013-yilning noyabridan buyon Qrim-tatar xalqi majlisi raisi lavozimida ishlab keladi. Refat Chubarov 1995—1998-yillarda Qrim Oliy Kengashi raisining oʻrinbosari, 1998—2007-yillarda esa Ukraina xalq deputati lavozimlarida ishlagan. U, shuningdek, 2009-yildan buyon Qrim tatarlarining Butunjahon kongressining prezidenti sifatida ham faoliyat yuritib kelmoqda[4]. 2014-yildaQrim maqomi boʻyicha oʻtkazilgan referendumini „sirk“ deb atagan[5]. Referendumdan soʻng Rossiya 2014-yil 18-martda Qrimni anneksiya qildi[6].

2014-yil iyun oyida Chubarov 2014-yil sentabrida oʻtkazilgan Qrimdagi parlament saylovlarini boykot qilishga chaqirdi[7]. 2015-yil may oyida FSBning Qrim va Sevastopol boʻyicha boshqarmasi Sanatsiyasining 2-qismi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilganligini eʼlon qilgan. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 280.1 („Ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda Rossiya Federatsiyasining hududiy yaxlitligini buzishga qaratilgan harakatlarga ommaviy chaqiriqlar“) moddasini bunga asoso qilib olgan. Departamentga koʻra, „2015-yil aprel oyida Ukraina fuqarosi Refat Chubarov Ukraina ommaviy axborot vositalaridan biriga bergan intervyusida Qrimni Ukrainaga qaytarishga chaqirgan“.

2018-yil 1-noyabrda u Rossiya hukumati sanksiya qoʻygan ukrainalik shaxslar roʻyxatiga kiritildi[11]. 2021 yil 1 iyunda u Qrim Oliy sudi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 280 va 280.1-moddalari bilan aybdor deb topildi va sirtdan 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi[12][13].

2021-yil 1-iyun kuni Refat Chubarov Qrimda ommaviy tartibsizliklar uyushtirganlikda ayblanib, sirtdan olti yilga qamoq va jarimaga tortilgan edi. Xususan, Refat Chubarov ommaviy tartibsizliklar uyushtirganlikda (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 212-moddasi 1-qismi) va Rossiya Federatsiyasi hududiy yaxlitligini buzishga ommaviy chaqiriqlarda (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 280.1-moddasi 1-qismi va 2-qismi) aybdor deb topildi. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi)[14].

Chubarov 2015-yil 15-maydan Petro Poroshenko bloki aʼzosi sifatida Oliy Rada (Ukraina parlamenti) deputati boʻldi[3]. U 2014-yilgi Ukraina parlament saylovlarida ushbu partiyaning saylov roʻyxatida 71-oʻrinni egallagan[3].

2015-yil noyabr oyida Rossiya Chubarovni Interpol qidiruv roʻyxatiga kiritishga urinib koʻrdi[8]. Rossiya Chubarovni Qrimni Rossiyadan ajratishga chaqirishda aybladi[8].

Qrim-tatar xalqi majlisi „ekstremistik tashkilot“ deb topildi va 2016-yil 26-aprelda Qrim Oliy sudi tomonidan taqiqlandi[9].

Chubarov yana 2019-yil iyul oyida Ukraina parlament saylovlarida ishtirok etdi, bu safar „Kuch va sharaf“ partiyasi tomonda boʻldi[10]. Ammo saylovda partiya 3,82% ovoz oldi, bu 5%lik saylov chegarasidan oʻtish uchun yetarli boʻlmadi va shu tariqa parlamentdagi oʻrinlarga ega boʻlmadi[11].

Umumiy pozitsiyasi

tahrir

2014-yil 6-mart kuni Refat Chubarov Qrim Avtonom Respublikasi aholisini „Qrim referendumini“ boykot qilishga chaqirgan, chunki uni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror „noqonuniy qabul qilingan“ deb hisoblagan. Xromadske telekanalida soʻzlagan Chubarov, Qrim-tatar xalqi majlisining qaroriga koʻra, Qrim tatarlari bosim ostidagi referendumni tan olmasligini aytgan. 2014-yil 15-mart kuni Qrim-tatar xalqi majlisi saytida Chubarov yana bir bor „Qrim referendumi“ boʻyicha oʻz nuqtai nazarini bildirib, „2014-yil 16-mart kuni Qrimda referendum oʻtkazilmaydi bu referendum emas masxarabozlik va sirk xisoblanadi sababi bu ish qurolli askarlar niqobi ostida boʻlib oʻtadi“.

2014-yil 3-oktyabr kuni Rossiyada tatar xalqi Milliy Majlisi raisi, faol, yozuvchi Fauziya Bayramova ustidan boʻlib oʻtgan sud jarayonini sharhlar ekan, Chubarov shunday fikrlarni taʼkidlagan: „Qrimning erkin rivojlanishi, Rossiya Federatsiyasi tomonidan bosib olinishiga qarshi harakat bilan, mustaqil Ukrainaning bir qismi sifatida va Qrim-tatar xalqining oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqini hurmat qilgan holda belgilanadi. Bundan tashqari Qrim-tatrlarning barcha aholisi inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilish asosida taʼminlanishi lozim“.

Manbalar

tahrir