Regressiya (lotincha: regressio — qaytish, chekinish) (geologiyada) — dengizning chekinishi. Regressiya tektonik tebranma harakat, yaʼni quruklikning koʻtarilishi, okean tubining choʻkishi hamda iqlimning oʻzgarishi (qurishi) natijasida roʻy beradi. Regressiyada dengiz suvi chekinib, quruqlik maydoni kengayadi. Yotqizikdarning tagida mayda zarrali jinslar (giltosh, ohaktosh va boshqa,) yuqoriroq qismida yirik boʻlakli jinslar (gravelit, konglomerat va boshqalar) joylashuvi shu hududda regressiv harakat yuz berganidan dalolat beradi. Regressiya bir necha marta qaytarilishi mumkin[1].

Yana q. tahrir

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil