Reinaldo Rueda
Reinaldo Rueda Rivera- 1957-yil 16-aprelda tugʻilgan ,kolumbiyalik futbol murabbiyi.
U Kolumbiya 20 yoshlilar terma jamoasi murabbiyi bo'lgan. Ular 2003-yilgi FIFA yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida 3-o'rinni egalladi. Shuningdek , u Kolumbiyani 2003-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida 4-o'ringa olib chiqdi.
2006-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida muvaffaqiyatsizlikdan so'ng (5 o'yindan keyin atigi 1 ochko) Kolumbiya futbol federatsiyasi Rueda kattalar jamoasiga murabbiy qilib tayinladi. Uning qo'l ostida jamoa yaxshilandi. Saralashdan o'ta olmagan bo'lsa-da, oxirgidan 6-o'ringacha yetib keldi. Keyin u Hondurasga ko'chib o'tdi va ularning terma jamoasini 2010-yilgi FIFA Jahon chempionatiga olib chiqdi.
Yoshligi
tahrirRueda Kalida tug'ilgan. U Germaniyaning "Deutsche Sporthochschule Köln" universitetida magistrlik darajasini tamomlagan. Nemis tilini mukammal o`rganib, universitet professori va Kolumbiya milliy murabbiylar maktabida bir nechta kurslarni o'qigan. U o'qishni Yevropada davom ettirdi, FIFA va UEFA murabbiylik kurslarida qatnashdi.
Menejerlik faoliyati
tahrirKolumbiya terma jamoasi
tahrirRueda Kolumbiya murabbiyi sifatida U-17, U-20, U-21, U-23 va milliy terma jamoalarini boshqargan. Rueda 2000 va 2001-yillarda Kolumbiya U-21 bilan Fransiyadagi "Tulon" turnirida so‘nggi saralash bosqichlarini o‘tkazgan. Birinchi turnirda, Rueda davrida Kolumbiya-Irlandiya Respublikasi (1:0), Gana (4:1) va Kot-d'Ivuar (3:1) termalarini mag'lub etdi. 3-iyun kuni Portugaliyaga qarshi finalda Kolumbiya penaltilar seriyasida chempionlikni qo‘lga kiritgan(3–1).
2003-yilda Urugvayda bo'lib o'tgan Janubiy Amerika U-20 turnirida Reynaldo Rueda o'z jamoasini 10 yillik tanaffusdan so'ng FIFA U-20 Jahon chempionatiga yo'llanmani qo`lga kiritdi. Muvaffaqiyatlari uni 2006-yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionatiga chiqish vazifasi uchun kattalar jamoasining murabbiyiga aylantirdi. Biroq ,omadsizlikka uchrab Rueda ikki yillik boshqaruvdan so'ng ishdan bo'shatildi.
Gonduras terma jamoasi
tahrirShaxsiy hayot
tahrir2011-yilda Rueda Gonduras fuqarosi sifatida qabul qilindi. [1]
Boshqaruv statistikasi
tahrir- match played 29 March 2022
Team | From | To | Record | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
P | W | D | L | Win % | |||
Colombia U-20 | July 1992 | June 1993 | 9 | 3 | 3 | 3 | 33 |
Cortuluá | 1994 | 1997 | 124 | 32 | 43 | 49 | 26 |
Deportivo Cali | 1997 | 1999 | 63 | 28 | 15 | 20 | 44 |
Colombia U-20 | 1999 | 2002 | 12 | 6 | 4 | 2 | 100 |
Colombia | January 2002 | June 2002 | 3 | 1 | 1 | 1 | 33 |
Independiente Medellín | 2002 | 2002 | 10 | 3 | 3 | 4 | 0 |
Colombia U-20 | July 2003 | June 2004 | 19 | 10 | 4 | 5 | 53 |
Colombia | February 2004 | September 2006 | 43 | 18 | 13 | 12 | 42 |
Honduras | January 2007 | July 2010 | 53 | 31 | 5 | 17 | 58 |
Ecuador | August 2010 | June 2014 | 50 | 19 | 17 | 14 | 0 |
Atlético Nacional | June 2015 | June 2017 | 147 | 85 | 39 | 23 | 58 |
Flamengo | August 2017 | January 2018 | 31 | 13 | 10 | 8 | 42 |
Chile | January 2018 | January 2021 | 27 | 9 | 8 | 10 | 33 |
Colombia | January 2021 | March 2022 | 22 | 7 | 10 | 5 | 32 |
Total | 613 | 265 | 175 | 173 | 43 |
- ↑ La Prensa, Newspaper. „Rueda got his honduran citizenship“. Laprensa.hn. LaPrensa.hn (2010-yil 21-aprel). Qaraldi: 2016-yil 30-iyul.