Resident Evil: Welcome to Raccoon City

Resident Evil: Welcome to Raccoon City (tarjimasi „Resident Evil: Raccoon-Sitiga xush kelibsiz“) 2021-yilda katta ekranlarga chiqqan va Johannes Roberts tomonidan suratga olingan jangari va dahshatli janrdagi filmdir.[8] Resident Evil filmlar seriyasining yettinchisidir. Film gʻoyasi Capcom nomli yapon shirkati tomonidan yaratilgan shu nomli videooʻyinga asoslangan. Filmda bosh rollarni ijro etganlar sirasiga Kaya Scodelario, Hannah John-Kamen, Robbie Amell, Tom Hopper, Avan Jogia, Donal Logue va Neal McDonough kirishadi.

Resident Evil: Welcome to Raccoon City

Film posteri
Rejissyor(lar) Johannes Roberts
Prodyuser(lar)
  • James Harris
  • Robert Kulzer
  • Hartley Gorenstein
Ssenariynavis(lar) Johannes Roberts
Qaysi asarga
asoslangan
Resident Evil
Capcom
Rollarda
Bastakor(lar) Mark Korven[1]
Kinematografiya Maxime Alexandre
Muharrir(lar) Dev Singh[2]
Studiya(lar)
  • Screen Gems
  • Constantin Film
  • Davis Raccoon Films
  • The Fyzz Facility[3]
  • The Tea Shop and Film Company[3]
Distribyutor
Chiqarilgan sanasi
  • 19-noyabr, 2021-yil(2021-11-19) (Parij)
  • 24-noyabr, 2021-yil(2021-11-24) (AQSh)
  • 25-noyabr, 2021-yil(2021-11-25) (Germaniya)
  • 3-dekabr, 2021-yil(2021-12-03) (Birlashgan Qirollik)
Davomiyligi 107 daqiqa[4]
Mamlakatlar
Til inglizcha
Byudjeti $25 million[5]
Daromadi $31.1 million[6][7][7]

Resident Evil: Welcome to Raccoon City filmining umumjahon premyerasi 2021-yilning 19-noyabrida Parijdagi Grand Rex kinoteatrida boʻlib oʻtdi. Sony Pictures Releasing tarafidan 2021-yil 24-noyabrda AQSh kinoteatrlarida namoyish etildi. Film tanqidchilar tomonidan aralash baholandi, biroq uning videooʻyinga sodiqligi maqtovga sazovor boʻldi. Kartina umumjahon boʻylab $31 million daromad qildi.

Mazmuni tahrir

Diqqat! Quyida sujet burilishlari yoki hatto oxiri ham keltirilishi mumkin.

Claire Redfield va uning ukasi Chris Raccoon-Siti mehribonlik uyida yashovchi bolalardir. Claire Lisa Trevor ismli tajribalar tufayli tashqi qiyofasi buzilgan qiz bilan tanishadi va u bilan doʻstlashadi. Umbrella korporatsiyasidan doktor William Birkin ushbu mehribonlik uyini boshqaradi hamda undagi bolalardan oʻzining tadqiqotilari uchun tajriba oʻlaroq foydalanadi. Claire shu kabi tajribalardan birida ishtirok etish uchun tanlanganida Birkindan qochib ketishga muvaffaq boʻladi.

Rollarda tahrir

  • Kaya Scodelario — Claire Redfield
  • Hannah John-Kamen — Jill Valentine
  • Robbie Amell — Chris Redfield
  • Tom Hopper — Albert Wesker
  • Avan Jogia — Leon S. Kennedy
  • Donal Logue — Brian Irons[9]
  • Neal McDonough — William Birkin
  • Lily Gao — Ada Wong[10]
  • Chad Rook — Richard Aiken[11]
  • Marina Mazepa — Lisa Trevor[12]
  • Janet Porter — Annette Birkin
  • Holly De Barros — Sherry Birkin
  • Sammy Azero — Enrico Marini
  • Dylan Taylor — Kevin Dooley
  • Nathan Dales — Brad Vickers
  • Josh Cruddas — Ben Bertolucci
  • Pat Thornton — yuk mashina haydovchisi

Tanqid tahrir

Resident Evil: Welcome to Raccoon City filmi Metacritic kinotanqid saytida 44%,[13] Rotten Tomatoes kinotanqid saytida esa 29% ijobiy baholandi.[14].

Manbalar tahrir

  1. „Mark Korven Scoring Johannes Roberts' 'Resident Evil: Welcome to Raccoon City'“. Film Music Reporter. Qaraldi: 12-oktabr 2021-yil.
  2. Singh, Dev „Dev Singh Biography“. Directors Guild of Canada. 2-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-mart 2021-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Resident Evil: Welcome to Raccoon City“. Filmportal.de. Qaraldi: 12-noyabr 2021-yil.
  4. „RESIDENT EVIL : BIENVENUE À RACCOON CITY“ (fransuzcha). Metropolitan Filmexport. 11-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-oktabr 2021-yil.
  5. D'Alessandro, Anthony; Tartaglione, Nancy „'Encanto' To Make The Whole World Sing With $70M+ Global Opening – Box Office Preview“. Deadline Hollywood (23-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 23-noyabr 2021-yil.
  6. Resident Evil: Welcome to Raccoon City (2021). Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 15-dekabr 2021-yil.
  7. 7,0 7,1 Resident Evil: Welcome to Raccoon City (2021). The Numbers. Nash Information Services, LLC. Qaraldi: 15-dekabr 2021-yil.
  8. „Resident Evil: Welcome To Raccoon City“. British Board of Film Classification. — „RESIDENT EVIL: WELCOME TO RACOON CITY is a US action horror film in which a group of survivors race against time to escape a city during a zombie outbreak.“.
  9. N'Duka, Amanda „'Gotham' Alum Donal Logue Joins 'Resident Evil' Origin Movie“. Deadline Hollywood (2-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 2-noyabr 2020-yil.
  10. Tuna, Thomas „'Resident Evil' Reboot Gets Tentative Release Date“. Horror News Network (14-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 18-dekabr 2020-yil.
  11. Wilson, Mike „'Resident Evil' Film Reboot Tentatively Set For Release in September 2021“. Bloody Disgusting (14-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 15-dekabr 2020-yil.
  12. Keegan, October „'Resident Evil Reboot's Lisa Trevor Performer Shows Off Stunt Training“. Rely on Horror (7-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 19-dekabr 2020-yil.
  13. Resident Evil: Welcome to Raccoon City // Metacritic
  14. Resident Evil: Welcome to Raccoon City // Rotten Tomatoes

Havolalar tahrir