Rex Tillerson
Rex Wayne Tillerson (talaffuzi: Reks Ueyn Tillerson; 23-mart 1952) – amerikalik siyosatchi, tadbirkor va muhandis. 2017- yil 1-fevraldan 2018-yil 31-martgacha AQSh Davlat kotibi. ExxonMobil neft kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori (2006-yil 1-yanvar – 2017-yil 1-yanvar)[1][2][3].
Rex Tillerson | |
---|---|
AQSH Davlat kotibi | |
Mansab davri 2017-yil 1-fevraldan – 2018-yil 31-martgacha | |
Prezident | Donald Trump |
Oʻtmishdoshi | John Kerry |
Vorisi | Mike Pompeo |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Rex Wayne Tillerson 23-mart 1952-yil Wichita Falls, Texas |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirQoʻshma Shtatlardagi yirik neft va gaz qazib olinuvchi Oklaxoma va Texasda oʻsgan. 1975-yilda Ostindagi Texas universitetini tamomlagan, muhandislik fakultetida tahsil olgan. 1968-yilgacha faqat skautlarni qabul qilgan talabalar uyushmasi aʼzosi boʻlgan[4]. Oʻz faoliyatini Exxon kompaniyasida konlarda boshladi va 1980-yillarning oʻrtalariga kelib korporatsiyaning gaz boʻlimida biznesni rivojlantirish xizmatini boshqargan[5].
2001 yilda ExxonMobil katta vitse-prezidenti boʻldi, 2004-yilda korporatsiya direktorlar kengashiga qoʻshildi. 2006-yil 1-yanvardan boshlab – ExxonMobil direktorlar kengashi raisi va bosh direktori. 2016-yil 14-dekabrda korporatsiya Tillerson isteʼfoga chiqqani va uning vorisi Darren Woods[en] lavozimga kirishganini eʼlon qildi[6].
2011-yilda ExxonMobil Iroq Kurdistonida neft qazib olish boʻyicha shartnoma imzoladi, bu ishi Iroq qonunchiligini buzgan va Vashingtonni ham gʻazablantirgan[7].
2016-yil 13-dekabrda Rex Tillerson Donald Trump tomonidan AQSh Davlat kotibi lavozimiga koʻrsatilgan edi[8]. Bu tayinlanishni sobiq davlat kotibi Kondoliza Rays, AQShning sobiq mudofaa vaziri Robert Geyts va AQSh Senatining tashqi aloqalar qoʻmitasining amaldagi raisi Bob Korker qoʻllab-quvvatladi[9][10]. 2017-yilning 1-fevralida Tillerson AQSH Senati tomonidan 56-43 ovoz bilan tasdiqlandi[11].
Matbuotga koʻra, 2017-yilning 20-iyulida Pentagonda boʻlib oʻtgan uchrashuvdan soʻng Tillerson Trampni ahmoq deb atadi, vaholanki, hech kim, jumladan Tillersonning oʻzi ham ushbu soʻz („moron“) qoʻllaniliganini rasman tasdiqlamagan. Tramp tanqid qilgan Eron yadroviy kelishuvi boʻyicha prezident bilan kelishmovchiliklarga duch keldi. Tillerson, shuningdek, Oq uy Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In oʻrtasidagi uchrashuv rejalarini u bilan muhokama qilmaganini, Tramp ommaga eʼlon qilganini aytdi. Tillerson, prezident maʼmuriyatidan farqli oʻlaroq, Rossiya razvedka xizmatlarini 2018-yil mart oyida Sergey Skripalning zaharlanishiga aloqadorlikda ayblagan Britaniya rasmiylarining pozitsiyasini darhol qoʻllab-quvvatladi va AQShning Isroildagi elchixonasi Tel-Avivdan koʻchirilishi haqida bayonot berdi. Tramp vaʼda qilgan elchixonani Quddusga koʻchirish yaqin kelajakda va bir necha yil ichida amalga oshirilmaydi. 2017-yil 1-iyunda Tramp Davlat kotibining 13-iyun kuni ochiq eʼlon qilgan pozitsiyasiga zid ravishda AQShning Parij iqlim kelishuvidan chiqishini eʼlon qildi[12].
Manbalar
tahrir- ↑ News, A. B. C. „Tillerson still secretary of state for now: White House“ (en). ABC News (2018-yil 13-mart). Qaraldi: 2018-yil 19-mart.
- ↑ Baker, Peter; Harris, Gardiner; Landler, Mark. „Trump Fires Rex Tillerson and Will Replace Him With C.I.A. Chief Pompeo“ (en-US). The New York Times (2018-yil 13-mart). Qaraldi: 2018-yil 19-mart. „Mr. Tillerson said he planned to immediately step aside from his post, turning over all responsibilities by the end of the day to John J. Sullivan, the deputy secretary of state. During a short statement in a briefing room packed with reporters, Mr. Tillerson said he would end his service at midnight on-mart]] 31 ...“.
- ↑ „Sacked Tillerson issues Russia warning“ (en-GB). BBC News (2018-yil 14-mart). Qaraldi: 2018-yil 19-mart. „Although Mr Tillerson will not officially leave until 31-mart, his deputy John Sullivan will take over running the state department pending the confirmation of Mr Pompeo.“.
- ↑ James Osborne. „Exxon Mobil CEO Rex Tillerson an Eagle Scout to the core“ (en). Dallas News (2014-yil 1-sentyabr). 2019-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-dekabr.
- ↑ Sarah Forbes Orwig. „Rex W. Tillerson“ (en). Encyclopedia Britannica (2013-yil 9-avgust). 2016-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-dekabr.
- ↑ „Rex Tillerson to Retire, Darren Woods Elected Chairman, CEO of Exxon Mobil Corporation“ (en). Exxon Mobil (2016-yil 14-dekabr). 2018-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-yanvar.
- ↑ „Special Report: How Exxon helped make Iraqi Kurdistan“ (en). Reuters (2014-yil 3-dekabr). 2016-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-dekabr.
- ↑ „Трамп выдвинул главу ExxonMobil на пост госсекретаря США“ (ru). РБК. 2016-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-dekabr.
- ↑ Steven Mufson, Philip Rucker and Karoun Demirjian. „Trump picks ExxonMobil CEO Rex Tillerson to be secretary of state“ (en). The Washington Post (2016-yil 13-dekabr). 2016-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-dekabr.
- ↑ Nicole Gaouette. „Senate committee approves Tillerson for secretary of state“ (en). CNN. 2021-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-yanvar.
- ↑ Jordain Carney. „Senate confirms Tillerson as secretary of State“ (en). The Hill (2017-yil 1-fevral). 2018-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-mart.
- ↑ John Bacon and Jessica Durando. „Trump says goodbye to Tillerson via Twitter“ (en). USA Today. 2018-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-yanvar.