Rhys Gordon Bennett (talaffuzi: Ris Jordon Bennet) (1991-yil 1-sentyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi, oxirgi marta „Birinchi liga“ jamoasi „Morecambe“ jamoasida oʻynagan. U asosan markaziy himoyachi sifatida oʻynagan.

Rhys Bennett
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rhys Gordon Bennett[1]
Tavallud sanasi 1-sentyabr 1991-yil (1991-09-01) (32 yosh)
Tavallud joyi Bolton, Angliya
Boʻyi 1.91 m
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Radcliffe Borough
2009 Bolton Wanderers
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2012 Bolton Wanderers 0 (0)
2011—2012Falkirk (Ijara) 19 (0)
2012—2016 Rochdale 110 (6)
2016—2018 Mansfield Town 84 (4)
2018—2020 Peterborough United 50 (4)
2020—2021 Carlisle United 24 (5)
2021—2022 Gillingham 18 (0)
2022 Morecambe 12 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 5-may uchun)

Faoliyati tahrir

Bolton Wanderers tahrir

Bennett professional faoliyatini Bolton Wanderersda boshlagan, muntazam ravishda zaxirada oʻynagan va baʼzida sardorlik bogʻichini taqib yurgan[2]. Birinchi jamoada maydonga tushmaganidan soʻng, u 2011-yilning iyul oyida menejer Owen Coyle tomonidan Falkirk jamoasiga ijaraga yuborilgan.

Falkirk tahrir

2011-yilning 6-iyulida Falkirk Bennettni olti oylik ijaraga olgani[3] 2012-yil 9-yanvarda mavsum oxirigacha uzaytirilgani eʼlon qilindi[4]. Bennett debyutini 2011-yil 23-iyulda o‘tkazdi va „Shotlandiya Challenge kubogi“ 1-bosqichida „Brechin City“ga qarshi o‘yinning 26-daqiqasida gol urdi[5].

U 2011-yilning 6-avgustida „Raith Rovers“ga qarshi o‘yinda ligadagi debyutini o‘tkazdi[6].

2012-yilgi Shotlandiya Challenge kubogi finalida Falkirk „Hamilton Academical“ni 1:0 hisobida magʻlub etganida Bennett zaxirada edi[7].

Rochdale tahrir

 
Bennett 2015-yilda Rochdaleda oʻynagan

U 2012-yilning 11-iyunida Rochdale klubi bilan 2012-yilning 1-iyulidan kuchga kiradigan, bir yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[8]. U debyutini 4-sentabr kuni Futbol ligasi kubogida „Fleetwood Town“ga qarshi 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Oʻyin penaltilar seriyasiga qadar davom etdi va Rochdale 4:2 hisobida gʻalaba qozondi va ikkinchi bosqichga yoʻl oldi[9]. U ligadagi debyutini 15-sentabr kuni „Wimbledon“ga qarshi kechgan uchrashuvda o‘tkazdi[10].

U klubdagi ilk golini 1-dekabr kuni York Cityga qarshi oʻyinda (3:2) kiritdi[11].

Mansfield Town tahrir

Bennett 2016-yil iyun oyida tekin transfer asosida „Mansfield Town“ga qoʻshildi[12].

U 2017\2018-yilgi mavsum oxirida Mansfield tomonidan qoʻyib yuborilgan[13].

Peterborough United tahrir

Bennett 2018-yilning may oyida „Peterborough United“ga tekinga oʻtgan edi. U xuddi, shu mavsumda Mansfield Townning sobiq menejeri Steve Evans izidan bordi[14].

Carlisle United tahrir

2020-yil 12-noyabrda Bennett 2021-yil yanvarigacha qisqa muddatli shartnoma asosida Carlisle Unitedga qo‘shildi[15]. 2021-yil 5-yanvarda Bennett 2020\2021-yilgi mavsum oxirigacha klubda qolish uchun uzaytirilgan shartnoma imzoladi[16]. Bennett mavsum oxirida Cumbrian klubining yangi taklifini rad etdi[17].

Gillingham tahrir

Bennett 2021-yil 23-iyulda „Birinchi liga“ jamoasi „Gillingham“ bilan shartnoma imzolagan[18]. U 2021\2022-yilgi mavsumning ochilish kunida 2021-yilning 7-avgustida „Lincoln City“ga qarshi o‘yinda (1:1) „Gillingham“ safida debyut qildi[19].

Morecambe tahrir

Gillingham bilan shartnomani bekor qilish boʻyicha oʻzaro kelishuvga erishgan Bennett 2022-yil 28-yanvarda „Birinchi liga“ jamoasi „Morecambe“ bilan shartnoma imzoladi[20]. Ertasi kuni u ligadagi debyutini oʻtkazdi va „Accrington Stanley“ga qarshi safarda 2:2 hisobida 28-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi[21]. Bennett mavsum oxirida klub tomonidan qoʻyib yuborildi[22].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Bolton Wanderers 2011— 2012 Angliya Premyer-ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Falkirk (Ijara) 2011— 2012 Shotlandiya birinchi divizioni 19 0 1 0 3 0 2 1 25 1
Rochdale 2012— 2013 Ikkinchi liga 33 2 2 0 0 0 2 0 37 2
2013— 2014 Ikkinchi liga 22 0 3 0 0 0 0 0 25 0
2014— 2015 Birinchi liga 39 2 5 1 1 0 1 0 46 3
2015— 2016 Birinchi liga 16 2 2 0 1 0 2 0 21 2
Jami 110 6 12 1 2 0 5 0 129 7
Mansfield Town 2016— 2017[23] Ikkinchi liga 46 2 1 0 1 0 6 0 54 2
2017— 2018[24] Ikkinchi liga 38 2 3 0 1 0 1 0 43 2
Jami 84 4 4 0 2 0 7 0 97 4
Peterborough United 2018— 2019[25] Birinchi liga 37 4 3 0 1 0 4 0 45 4
2019— 2020[26] Birinchi liga 13 0 1 0 0 0 4 0 18 0
Jami 50 4 4 0 1 0 8 0 63 4
Carlisle United 2020— 2021[27] Ikkinchi liga 24 5 1 0 0 0 1 0 26 5
Gillingham 202— 2022 Birinchi liga 18 0 1 0 2 0 2 0 23 0
Morecambe 2021— 2022[28] Birinchi liga 12 0 0 0 0 0 0 0 12 0
Karyerada jami 317 19 23 1 10 0 25 1 375 21

Yutuqlari tahrir

Falkirk

  • Shotlandiya Challenge kubogi: 2011— 2012[29]

Manbalar tahrir

  1. „Club list of registered players: As at 19th May 2019“. English Football League. Qaraldi: 2019-yil 23-iyun.
  2. „Bennett Makes Falkirk Debut“. Bolton Wanderers F.C. (2011-yil 14-iyul). 2022-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-avgust.
  3. „Falkirk snap up Bolton kid Rhys Bennett on season-long loan deal“. Daily Record (2011-yil 6-iyul). Qaraldi: 2011-yil 27-avgust.
  4. „Bennett's Falkirk Loan Extended“. bwfc.co.uk (2012-yil 9-yanvar). 2012-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-yanvar.
  5. „Brechin City 1-2 Falkirk“ (en-GB). BBC Sport. Qaraldi: 2022-yil 30-yanvar.
  6. „Brechin City 1–2 Falkirk“. BBC Sport. British Broadcasting Corporation (2011-yil 23-iyul). Qaraldi: 2011-yil 27-avgust.
  7. „Falkirk 1-0 Hamilton Accies“ (en-GB). BBC Sport. Qaraldi: 2022-yil 30-yanvar.
  8. „Rochdale sign Bolton Wanderers defender Rhys Bennett“ BBC Sport. 11 June 2012.
  9. „Rochdale 2-2 Fleetwood“ BBC Sport. 4 September 2012.
  10. „AFC Wimbledon 1-2 Rochdale“ BBC Sport. 15 September 2012.
  11. „Rochdale 2-3 York“ BBC Sport. 1 December 2012.
  12. „Mansfield Town sign defender Rhys Bennett from Rochdale“. BBC Sport. Qaraldi: 2016-yil 9-iyun.
  13. „Mansfield Town release Rhys Bennett and six others transfer-listed“. BBC Sport (2018-yil 10-may). Qaraldi: 2018-yil 11-may.
  14. „Posh make second summer signing“. Peterborough United (2018-yil 16-may). Qaraldi: 2018-yil 16-may.
  15. „Carlisle United sign former Peterborough United defender“. BBC Sport (2020-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
  16. „Rhys Bennett: Carlisle defender extends deal until the end of the season“. BBC Sport (2021-yil 5-yanvar).
  17. „Defender Bennett: There will never be bad blood between me and Carlisle United“ (en). News and Star. Qaraldi: 2022-yil 7-yanvar.
  18. „Gills sign Rhys Bennett“ (en-gb). www.gillinghamfootballclub.com. Qaraldi: 2022-yil 7-yanvar.
  19. „Report: Gills take a point from fiery opener with Lincoln“ (en). Kent Online (2021-yil 7-avgust). Qaraldi: 2022-yil 30-yanvar.
  20. „Gillingham defender's contract terminated for new challenge“ (en). Kent Online (2022-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 30-yanvar.
  21. „Accrington Stanley 2-2 Morecambe“ (en-GB). BBC Sport. Qaraldi: 2022-yil 30-yanvar.
  22. „Retained List announced“. www.morecambefc.com (2022-yil 2-may). Qaraldi: 2022-yil 5-may.
  23. „Games played by Rhys Bennett in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 1-mart.
  24. „Games played by Rhys Bennett in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 1-mart.
  25. „Games played by Rhys Bennett in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 1-mart.
  26. „Games played by Rhys Bennett in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 1-mart.
  27. „Games played by Rhys Bennett in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 1-mart.
  28. „Games played by Rhys Bennett in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 13-dekabr.
  29. „Falkirk 1-0 Hamilton Accies“. BBC (2012-yil 1-aprel). Qaraldi: 2021-yil 1-aprel.