Rhys Williams (talaffuzi: Ris Uilyams) (2001-yil 3-fevralda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Rhys Williams „Blackpool“ futbol klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Rhys Williams
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 3-fevral 2001-yil (2001-02-03) (23 yosh)[1]
Tavallud joyi Lancashire, Angliya[2]
Boʻyi 1.95 m
Ampluasi himoyachi[3]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Blackpool (ijara)
Raqami 15
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
201?—2019 Liverpool
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019 Liverpool 9 (0)
2019—2020Kidderminster Harriers (ijara) 26 (1)
2021—2022Swansea City (ijara) 5 (0)
2022Blackpool (ijara) 12 (0)
Milliy terma jamoa
2019

Angliyaning 18 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
4 (0)
2019

Angliyaning 19 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
2 (0)
2020

Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 27-oktyabr uchun)

Yoshligi tahrir

Rhys Williams Lancashire shtatining Preston shahrida tugʻilgan.

Klublardagi oʻyin faoliyati tahrir

Dastlabki yillar tahrir

Rhys Williams oʻn yoshida „Liverpool“ futbol klubining yoshlar akademiyasiga qoʻshildi va 2019-yilda yoshlar jamoasi bilan Angliya yoshlar kubogini qoʻlga kiritdi[4]. Rhys Williams 2019-yil avgust oyida „Kidderminster Harriersfutbol klubiga ijara asosida qoʻshildi[5][6].

2020-yil sentyabr oyida Rhys Williams „Liverpool“ futbol klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi[7]. Rhys Williams 2020-yil 24-sentyabrda EFL kubogida klub uchun asosiy jamoadagi debyut oʻyinini, markaziy himoyada Virgil van Dijk bilan hamkorlikda „Lincoln City“ futbol klubiga qarshi oʻtkazdi[8][9][10]. 2020-yil 21-oktyabrda Rhys Williams UEFA Chempionlar Ligasi doirasidagi „AFC Ajax“ futbol klubiga qarshi oʻyinning 90-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi[11]. Keyingi haftada Rhys Williams Chempionlar Ligasidagi ikkinchi oʻyinini oʻtkazdi[12]. 2020-yilning 4-noyabrida Rhys Williams Chempionlar ligasi doirasida „Atalanta“ futbol klubiga qarshi oʻyinda toʻliq toʻqson daqiqa oʻynadi. Bu oʻyinda jamoa 5:0 hisobida gʻalaba qozondi. 2020-yil 16-dekabrda Rhys Williams Premer-ligadagi debyut oʻyinini „Tottenham“ futbol klubi qarshi oʻyinda (2:1) boshladi[13].

Ijaralar tahrir

2021-yil 31-avgustda Rhys Williams „Liverpool“ futbol klubi bilan yangi shartnoma imzoladi va „Swansea City“ futbol klubiga ijara asosida qoʻshildi. Klub bilan imzolangan ijara shartnomasida ijara muddati dastlab 2022-yilning 30-iyuniga qadar davom etishi belgilangan edi, biroq „Liverpool“ futbol klubi Rhys Williamsni 2022-yilning 20-yanvarida oʻz safiga chaqirib oldi[14].

Rhys Williamsning navbatdagi ijarasi 2022-yilning 19-iyulida 2022—2023-yilgi mavsum uchun „Blackpool“ futbol klubi tarkibiga ijaraga berilganida amalga oshirildi[15]. Rhys Williams yangi klubdagi debyut oʻyinini 29-iyul kuni Bloomfield Road stadionida „Reading“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi[16].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati tahrir

Rhys Williams 2019-yilning mart-may oylari orasida Angliyaning 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi tarkibida oʻynagan va 2019-yil oktyabr oyida Xalqaro Marbella kubogi uchun Angliyaning 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi tarkibiga chaqirilgan[17].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi EFL kubogi Yevropa Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Liverpool 2019—2020 Angliya Premyer-ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2020—2021 Angliya Premyer-ligasi 9 0 2 0 2 0 6 0 19 0
Jami 9 0 2 0 2 0 6 0 0 0 19 0
Kidderminster Harriers (ijara) 2019—2020 Milliy liga 26 1 26 1
Swansea City (ijara) 2021—2022 Chempionat 5 0 1 0 1 0 7 0
Jami 36 1 2 0 2 0 6 0 0 0 46 1

Yutuqlar tahrir

Liverpool

  • FA yoshlar kubogi: 2018—2019[18]

Manbalar tahrir

  1. „Rhys Williams: Overview“. Premier League. Qaraldi: 6-avgust 2022-yil.
  2. „Rhys Williams“. Liverpool F.C.. Qaraldi: 18-avgust 2022-yil.
  3. „Rhys Williams: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 6-avgust 2022-yil.
  4. „Rhys Williams: 5 Things to Know About the Liverpool Youngster“. 90min.com. Qaraldi: 24-sentabr 2020-yil.
  5. „Profile – Rhys Williams“. Kidderminster Harriers F.C.. Qaraldi: 24-sentabr 2020-yil.
  6. Carroll. „Rhys Williams joins Kidderminster on loan“. Liverpool F.C.. Qaraldi: 24-sentabr 2020-yil.
  7. „Rhys Williams signs new Liverpool contract“. FourFourTwo (2020-yil sentabr). Qaraldi: 24-sentabr 2020-yil.
  8. Verrall. „Report: 19-year-old to make Liverpool debut tonight, another teenager will also start“. HITC (24-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 24-sentabr 2020-yil.
  9. Carroll. „Rhys Williams – Liverpool's next star defender compared with Van Dijk“ (24-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 24-sentabr 2020-yil.
  10. Unwin. „Lincoln City v Liverpool and more: Carabao Cup third round – live!“ (24-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 24-sentabr 2020-yil.
  11. „Ajax 0 Liverpool 1“. BBC Sport (21-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 29-oktabr 2020-yil.
  12. „Liverpool 2–0 Midtjylland: Jürgen Klopp's reaction“. Liverpool F.C. (2020-yil oktabr). Qaraldi: 28-oktabr 2020-yil.
  13. McNulty. „Liverpool 2–1 Tottenham: Roberto Firmino's late winner sends Reds clear of Spurs at top“. BBC Sport (16-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 1-fevral 2021-yil.
  14. „Rhys Williams: Swansea City sign Liverpool defender on loan“. BBC Sport. Qaraldi: 31-avgust 2021-yil.
  15. „Rhys Williams Joins The Seasiders“. Blackpool F.C.. Qaraldi: 19-iyul 2022-yil.
  16. „Blackpool edge past Reading through Connolly goal“. BBC Sport. Qaraldi: 30-iyul 2022-yil.
  17. „ENGLAND MU19S SQUAD SELECTED FOR GAMES WITH FRANCE AND BELGIUM IN SPAIN THIS OCTOBER“. The Football Association. Qaraldi: 24-sentabr 2020-yil.
  18. „Liverpool crowned FA Youth Cup winners after beating Manchester City on penalties“. The Daily Telegraph (25-aprel 2019-yil). Qaraldi: 6-yanvar 2020-yil.