Ricardo Carvalho
Rikardu Albertu Silveyra Karvalyu (portugalcha: Ricardo Alberto Silveira Carvalho; 18 may 1978 yil, Amarante, Portugaliya) — Portugaliyalik futbolchi, himoyachi. Real Madrid jamoasi oʻyinchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ricardo Alberto Silveira Carvalho | ||
Tavallud sanasi | 18-may 1978-yil | ||
Tavallud joyi | Amarante, Portugaliya, Portugaliya | ||
Boʻyi | 182 sm | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Real Madrid | ||
Raqami | 16 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1997—1998 | Leka | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1999—2004 2004—2010 2010 — h. |
Portu Chelsea Real Madrid |
(73 (3) 135 (7) 37 (3)) | |
Milliy terma jamoa | |||
2002—2011 | Portugaliya | (75 (4)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Faoliyati
tahrirRikardu oʻzining faoliyatini „Leka“da boshladi. „Portu“ safiga qoʻshilishi bilan uni „Vitoriyu Setubal“ va keyin „Alverka“ jamoalariga ijaraga berildi.
„Portu“ jamoasi faxriysi himoyachi Jorje Koshta „Charlton“ga ijara berib yuborilgandan soʻng, Karvalyu oʻzining mahoratini koʻrsatish uchun imkon tugʻildi. Rikarduga omad kulib boqdi, u xalqaro miqyosda yaxshi himoyachi ekanligi tan olindi. U Chempionlar ligasi oʻyinlarida muntazam qatnashdi. Soʻnggi mavsumda u Yevro-2004 musobaqasida Gretsiya bilan boʻlgan magʻlubiyatli oʻyindan soʻng, Portugaliya terma jamoasida oʻynab yurgan Fernando Koutuning oʻrnini egalladi.
Joze Mourinyo Chelsea murabbiyi boʻlishi bilan Karvalyuni oʻz jamoasiga chaqirib oldi. Jamoaga markaziy himoyachi juda muhim edi, yangi murabbiy esa oʻzining eng ishonchli himoyachisini olishni maʼqul koʻrdi.
Portu koʻplab yutuqlar va kuboklarni qoʻlgan kiritgan oxirgi omadli ikki yilida asosiy oʻyinchisi aylanib boʻlgan Rikardu, Chelseaga oʻtgandan soʻng, Marsel Desayining oʻrniga maydonga tusha boshladi. Dunyoning grand jamoalari qiziqayotgan futbolchini oʻz safiga qoʻshib olgan „Chelsea“ ham bundan xursand edi.
Bu markaziy himoyachi nafaqat oyoqda faol harakat qiladi, balki boshda ham yaxshi oʻynay oladi. Rikarduning terma jamoa safida Yevro-2004dagi ajoyib oʻyinlari, uning UEFA tomonidan tuzilgan ramziy terma jamoa safiga kirishiga ham sabab boʻldi.
10 avgust 2010 yili futbolchi Real Madrid bilan ikki yillik shartnoma tuzdi.[1] Transfer miqdori 9 mln. yevroga teng boʻldi.
31 avgust 2011 yili Portugaliya termasida boshqa oʻynamasligini eʼlon qildi. Bunga sabab unga nisbatan hurmatsizlik qilishganligi bilan izohladi. [2]
Shaxsiy hayoti
tahrirRikardu Karina ismlik portugal qizga uylagan. Ularning bir oʻgil va bir qizlari bor. Ularning ismlari Rodrigo va Rachel.
Ishtirok etish statistikasi
tahrir20 noyabr 2011 yil holatiga.
Jamoa
tahrirJamoa | Chempionat | Mavsum | Liga | Kubok | Liga kubogi | Yevrokubok | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | |||
Leka | Portugaliya chempionati | 1997-98 | 22 | 1 | 2 | 0 | - | - | - | 24 | 1 | |||
Jami | 22 | 1 | 2 | 0 | - | - | - | 24 | 1 | |||||
Portu | Portugaliya chempionati | 1998-99 | 1 | 0 | 0 | 0 | - | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | |
Jami | 1 | 0 | 0 | 0 | - | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | |||
Vitoriya (ijara) | Portugaliya | 1999-00 | 25 | 2 | 2 | 0 | - | - | - | 27 | 2 | |||
Jami | 25 | 2 | 2 | 0 | - | - | - | 27 | 2 | |||||
Alverka (ijara) | Portugaliya | 2000-01 | 29 | 1 | 3 | 0 | - | - | - | 32 | 1 | |||
Jami | 29 | 1 | 3 | 0 | - | - | - | 32 | 1 | |||||
Portu | Portugaliya | 2001-02 | 25 | 0 | 2 | 0 | - | 10 | 0 | - | 37 | 0 | ||
2002-03 | 18 | 1 | 6 | 0 | - | 7 | 0 | 1 | 0 | 32 | 1 | |||
2003-04 | 29 | 2 | 3 | 0 | - | 13 | 1 | 1 | 0 | 46 | 3 | |||
Jami | 72 | 3 | 11 | 0 | - | 30 | 1 | 2 | 0 | 115 | 4 | |||
Chelsea | Angliya | 2004-05 | 25 | 1 | 1 | 0 | 3 | 0 | 10 | 0 | - | 39 | 1 | |
2005-06 | 24 | 1 | 3 | 0 | 0 | 0 | 8 | 2 | 0 | 0 | 35 | 3 | ||
2006-07 | 31 | 3 | 5 | 1 | 4 | 0 | 10 | 0 | 1 | 0 | 51 | 4 | ||
2007-08 | 21 | 1 | 2 | 0 | 4 | 0 | 10 | 0 | 1 | 0 | 38 | 1 | ||
2008-09 | 12 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 | - | 18 | 1 | |||
2009-10 | 22 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | 1 | 1 | 29 | 1 | ||
Jami | 135 | 7 | 14 | 1 | 11 | 0 | 47 | 2 | 3 | 1 | 210 | 11 | ||
Real Madrid | La Liga | 2010-11 | 33 | 3 | 6 | 0 | - | 9 | 0 | - | 48 | 3 | ||
2011-12 | 4 | 0 | 0 | 0 | - | 2 | 0 | 2 | 0 | 8 | 0 | |||
Jami | 37 | 3 | 6 | 0 | 0 | 0 | 11 | 0 | 2 | 0 | 56 | 3 | ||
Faoliyati boʻyicha umumiy | 321 | 17 | 38 | 1 | 11 | 0 | 88 | 3 | 7 | 1 | 465 | 22 | ||
Oʻzgarish: 20 noyabr 2011[3][4] |
Terma jamoa
tahrirT.J. | Yillar | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Portugaliya | 2003 | 1 | 0 |
2004 | 14 | 0 | |
2005 | 7 | 1 | |
2006 | 13 | 2 | |
2007 | 5 | 1 | |
2008 | 9 | 0 | |
2009 | 11 | 0 | |
2010 | 12 | 0 | |
2011 | 2 | 0 | |
Jami | 74 | 4 | |
Oxirgi oʻzgarish: 20 noyabr 2011[3][5] |
Erishgan natijalari
tahrirPortu
tahrir- Portugaliya chempioni(3): 1998/99, 2002/03, 2003/04
- Portugaliya kubogi: 2003
- Portugaliya Superkubogi (3): 1998, 2003, 2004
- UEFA Kubogi: 2003
- UEFA Chempionlar Ligasi chempioni: 2004
Chelsea
tahrir- Premyer liga chempioni (3): 2004/05, 2005/06, 2009/10
- Angliya kubogi (3): 2007, 2009, 2010
- Futbol ligasi kubogi (2): 2005, 2007
- Angliya Superkubogi (2): 2005, 2009
Real Madrid
tahrir- Ispaniya kubogi: 2011
- Ispaniya chempioni: 2011/12
Portugaliya terma jamoasi
tahrir- Yevropa chempionati kumush medali: 2004
- Jahon Chempionatida toʻrtinchi oʻrin: 2006
Shaxsiy
tahrir- Portugaliya yil futbolchisi: 2002/03
- UEFA tanlovi boʻyicha eng yaxshi himoyachi: 2003/04
- UEFA tanlovi boʻyicha yil jamoasi: 2003/04
- Yevropa chempionati ramziy termasi: 2004
- Jahon Chempionati ramziy termasi: 2006
- Chelsea yil oʻyinchisi: 2007/08
Havolalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Comunicado Oficial: Ricardo Carvalho, nuevo jugador del Real Madrid
- ↑ Karvalyu otkazalsya vistupat za sbornuyu Portugalii
- ↑ 3,0 3,1 Carvalhoʻs Profile, www.national-football-teams.com, accessed 12-oktabr 2009-yil.
- ↑ Carvalhoʻs Profile (Wayback Machine saytida 2010-07-17 sanasida arxivlangan), www.soccerbase.com, accessed 8-oktabr 2009-yil.
- ↑ Carvalhoʻs Profile (Wayback Machine saytida 2006-06-27 sanasida arxivlangan), ESPNsoccernet, accessed 12-oktabr 2009-yil.