Ricardo Jorge da Luz Horta (talaffuzi: Rikardo Xorxe da Luz Xorta) — portugaliyalik futbolchi, „Braga“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Ricardoning ukasi Andre, u ham professional futbolchi.

Ricardo HortaFutbol
Umumiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Ricardo Jorge da Luz Horta
Tugʻilgan

15-sentabr 1994-yil(1994-09-15) (28 yosh)
Sobreda, Portugaliya

Fuqaroligi
Boʻyi

173 sm

Pozitsiyasi

vinger

Hozirgi jamoasi

Flag PortugaliiBraga

Raqami

21

Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati

tahrir

Ricardo Horta futbol oʻynashni „Benfica“ akademiyasida boshlagan, 2011-yilda u „Vitoria Setúbal“ning yoshlar tizimiga oʻtgan. 2013-yilning 7-aprelida u Sangrish Ligada [1] Ricardo Horta „Ave“ga qarshi debyut qilgan. 9-dekabr kuni „Akademiklar“ga qarshi kechgan duelda Ricardo Horta yangi jamoasi safidagi ilk golini urgann[2].

2014-yilning yozida Ricardo Horta Ispaniyaning „Málaga“ jamoasiga oʻtdi[3]. 23-avgust kuni u La Ligadagi debyutini „Athletic Bilbao“ jamoasiga qarshi oʻtkazdi[4]. 2015-yilning 6-yanvarida „Levante“ga qarshi Ispaniya kubogi o‘yinida Ricardo Horta „Málaga“ safidagi ilk golini urdi[5]. 28-fevral kuni „Getafe“ga qarshi oʻyinda u Ispaniya chempionatidagi ilk golini urdi[6].

Xalqaro karyerasi

tahrir

2013-yilda Ricardo Horta 19 yoshgacha boʻlgan Portugaliya terma jamoasi tarkibida Litvada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi[7][8]. Turnirda u Ispaniya, Gollandiya, Litva va Serbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[9]. Gollandiyaliklarga qarshi kechgan duelda Ricardo Horta gol urdi[10].

2014-yil 7-sentyabrda Albaniyaga qarshi 2016-yilgi Yevropa chempionati saralash o‘yinida Ricardo Horta Portugaliya terma jamoasi safida debyut qildi va ikkinchi bo‘limda Uilyam Karvalyu o‘rniga maydonga tushdi[11].

2017-yilda Portugaliya yoshlar terma jamoasi tarkibida Ricardo Horta Polshada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi[12]. Turnirda u Ispaniya va Makedoniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi[13].

2022-yil may oyi oxirida u yana Fernando Santosdan UEFA Millatlar Ligasi 2022-2023 oʻyinlari uchun asosiy jamoaga chaqiruv oldi. 2-iyun kuni u Rafael Leau oʻrniga zaxiradan maydonga tushganidan 10 daqiqa oʻtib Ispaniya terma jamoasiga qarshi oʻyinda Xuan Kanseloning golli uzatmasi bilan Selesao darvozasini ishgʻol qildi.

Statistikasi

tahrir
Klub Mavsum Liga Milliy kubog Liga kubogi Yevropa kubogi Boshqa Jami
Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar
Vitória Setúbal 2012-2013 6 0 6 0
2013-2014 28 7 2 0 5 0 35 7
Jami 34 7 2 0 5 0 41 7
Málaga 2014-2015 31 1 6 2 37 3
2015-2016 17 0 2 0 19 0
Jami 48 1 8 2 56 3
Braga (ijara) 2016-2017 32 6 2 0 5 2 5 1 0 0 44 9
Braga 2017-2018 30 11 2 0 4 0 7 1 43 12
2018-2019 34 8 6 0 2 0 2 2 44 10
2019-2020 33 12 3 2 5 4 11 6 52 24
2020-2021 32 9 6 3 3 0 7 3 48 15
2021-2022 32 19 2 0 2 0 12 4 1 0 49 23
2022-2023 8 4 0 0 0 0 3 1 11 6
Jami 201 69 21 5 21 6 47 18 1 0 291 98
Umumiy karyerasida 280 77 31 7 26 6 47 18 1 0 385 108

Manbalar

tahrir
  1. „Риу Ави VS. Витория Сетубал 2:1“ (en). soccerway.com (2013—04—07). 2017-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-iyul.
  2. „Витория Сетубал VS. Академика 1:0“ (en). soccerway.com (2013—12—09). 2014-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-iyul.
  3. Ricardo Horta // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  4. „Малага VS. Атлетик Бильбао 1:0“ (en). soccerway.com (2014—08—23). 2014-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-avgust.
  5. „Малага VS. Леванте 2:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 6-yanvar). 2015-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-yanvar.
  6. „Малага VS. Хетафе 3:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 28-fevral). 2015-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-mart.
  7. „Испания (до 19) VS. Португалия (до 19) 0:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 20-iyul). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-iyul.
  8. „Португалия (до 19) VS. Литва (до 19) 4:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 26-iyul). 2017-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-iyul.
  9. „Сербия (до 19) VS. Португалия (до 19) 2:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 29-iyul). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-iyul.
  10. „Нидерланды (до 19) VS. Португалия (до 19) 1:4“ (en). soccerway.com (2013-yil 23-iyul). 2018-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-iyul.
  11. „Португалия VS. Албания 0:1“ (en). soccerway.com (2014—09—07). 2014-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-noyabr.
  12. „Португалия (до 21) VS. Испания (до 21) 1:3“ (en). soccerway.com (2017-yil 20-iyun). 2017-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-avgust.
  13. „Македония (до 21) VS. Португалия (до 21) 2:4“ (en). soccerway.com (2017-yil 23-iyun). 2017-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-avgust.