Richárd Rapport
Richárd Rapport (1996-yil 25-martda tugʻilgan) – vengriyalik shaxmat grossmeysteri (hozirda Ruminiya vakili). Shaxmat vunderkindi, u 13 yosh, 11 oy va olti kunligida grossmeyster unvonini qoʻlga kiritib, Vengriya tarixidagi eng yosh grossmeysterga aylangan[2]. Rapport 2017-yilda shaxmat boʻyicha Vengriya chempioni boʻlgan. 2022-yil may oyida esa dunyo reytingida beshinchi oʻringacha koʻtarilgan[3].
Richárd Rapport | |
---|---|
Mamlakat | Vengriya (2022-yilgacha)
Ruminiya (2022-yildan)[1] |
Tavalludi | Sombatxey, Vengriya | 25-mart 1996-yil
Unvon | grossmeyster (2010) |
FIDEdagi reytingi | 2752 (2023-yil sentyabr) |
Eng yuqori reytingi | 2776 (2022-yil aprel) |
Oʻrni | 11 (2023-yil sentyabr) |
Eng yuqori oʻrni | 5 (2022-yil may) |
Bolaligi
tahrirRapport Vengriyaning Szombathely shahrida iqtisodchi Tamás Rapport va Erzsébet Mórocz oilasida tugʻilgan[4]. U shaxmatni toʻrt yoshida otasidan oʻrgangan[5].
Titullari
tahrir2006-yilda u 10 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi[5]. Rapport 2009-yilda xalqaro shaxmat ustasiga aylandi. 2010-yil mart oyida Szentgotthárddagi Gotth’Art Kupa musobaqasida u grossmeyster unvoni uchun yakuniy norma va reyting talablarini bajardi. Rapport turnirda murabbiyi Aleksandr Beliavskiydan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi. Shu tariqa Laxos Portish (XX asrning ikkinchi yarmidagi eng kuchli Sovet Ittifoqi fuqarosi boʻlmagan oʻyinchilaridan biri) bilan tenglashdi[6]. 13 yosh, 11 oy va 6 kunligida u eng yosh vengriyalik grossmeysterga aylandi (avvalgi rekord jahon chempionligi uchun sobiq daʼvogar Péter Lekoga tegishli edi) va oʻsha paytda tarixdagi eng yosh beshinchi shaxmat grossmeysteriga aylandi.
Shaxmatdagi faoliyati
tahrir2013-yil
tahrirMay oyida Rapport Sigeman & Co shaxmat turnirida Nagel Short va Nils Grandelius bilan birgalikda tay-breykda gʻalaba qozonib, birinchi oʻrinni egalladi. U 4½/7 (+3−1=3) ball oldi[7].
Dekabr oyida Rapport tezkor shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi va blits shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egalladi[8].
2016-yil
tahrir20–23-dekabr kunlari Rapport Xitoyning Yancheng shahrida boʻlib oʻtgan 17 yoshli xitoylik shaxmatchi Wei Yiga qarshi oʻyinda gʻalaba qozondi. Oʻsha paytda Rapport 2717 ball bilan 21 yoshgacha oʻsmirlar reytingida yetakchilikni qoʻlga olgan. Wei Yi esa 2707 ball bilan ikkinchi oʻrinda edi. Ular toʻrtta klassik oʻyindan iborat boʻlgan oʻyinda gʻalaba va ikkita durang qayd etishdi. Soʻngra ikkita blits oʻyinidan iborat tay-breykda bittadan gʻalaba qozonishdi[9].
2017-yil
tahrir2017-yil yanvar oyida Tata Steel Chess turnirida u Magnus Karlsenga qarshi birinchi oʻyinini oʻtkazdi. 33 yurishda oq donalarda gʻalaba qozondi.
2017-yil may oyida shaxmat boʻyicha Vengriya chempionatida gʻolib chiqdi[10].
2019-yil
tahrirRapport shaxmat boʻyicha Jahon chempionatida AQSh vakili Sam Shanklandga qarshi bahsda gʻalaba qozondi.
2020-yil
tahrirRapport 11-Danzhou turnirida gʻolib chiqdi. U magʻlubiyatga uchramagan yagona oʻyinchi boʻldi va GM Ding Lirendan yarim ochko oldinda yakunladi[11].
2022-yil
tahrirRapport Serbiyaning Belgrad shahrida 2022-yilgi FIDE Grand Prix turnirining ikkinchi oʻyinida gʻalaba qozondi[12]. Ushbu koʻrsatkich birinchi oʻyinda yarim finalga chiqish bilan birga Grand Prixda kuchli ikkilikka kirish va 2022-yilgi nomzodlar turniriga yoʻllanma olish uchun yetarli boʻldi va u 5½/14 ball bilan oxirgi oʻrinni egalladi[13].
2023-yil
tahrirRapport Tata Steel Chess Tournament 2023 nomzodlaridan biri boʻlgan. U avvaliga shaxmat vunderkindi Nodirbek Abdusattorovga, keyinroq jahon chempioni Magnus Karlsenga yutqazib qoʻygan. Ammo hindistonlik grossmeyster Arjun Erigaisi va dunyo reytingida 2-raqamli shaxmatchi xitoylik grossmeyster Ding Lirenga qarshi bahsda gʻalabani qoʻlga kiritdi. Rapport turnirni 6½/13 ball bilan 14 ishtirokchi orasida 8-oʻrin bilan yakunladi.
Shaxsiy hayoti
tahrirU 18 yoshidan beri Serbiyaning Belgrad shahrida[14][15]. Uning rafiqasi Yovana Vojinovich ayol grossmeyster. Ular 2016-yilda turmush qurishdi[14].
Manbalar
tahrir- ↑ „Transfers in 2022“. FIDE.
- ↑ „Richard Rapport Becomes Hungary's Youngest Grandmaster - Chessdom“. players.chessdom.com. 2021-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-avgust.
- ↑ Top 100 Players May 2022 – Archive, FIDE, March 2022
- ↑ „ChessBase News | Richárd Rapport – grandmaster at thirteen“. 2013-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-may.
- ↑ 5,0 5,1 „Who was the player of the year?“ (en-US). Chess News (2018-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 7-yanvar.
- ↑ „Richard Rapport Becomes Hungary’s Youngest Grandmaster“. 2017-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-sentyabr.
- ↑ Doggers, Peter. „Rapport wins 21st Sigeman & Co on tiebreak“. ChessVibes (2013-yil 29-may). 2013-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 29-may.
- ↑ „Korobov & Rapport Winners at European Blitz & Rapid Ch“. Chess.com. Qaraldi: 2014-yil 2-aprel.
- ↑ Baldauf, Marco „Wei Yi vs Richard Rapport: The Armageddon Decides“. ChessBase Chess News (2016-yil 24-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 25-dekabr.
- ↑ Zalakaroson Rapport Richárd nyerte a nyílt magyar bajnokságot
- ↑ „Richard Rapport Wins 11th Danzhou Tournament“.
- ↑ „Richard Rapport is the winner of the second leg of the FIDE Grand Prix Series 2022“. 2022-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-sentyabr.
- ↑ „Rapport and Nakamura qualify for the 2022 Candidates Tournament“ (en). worldchess.com. 2022-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-mart.
- ↑ 14,0 14,1 Kovačević. „Zbog velemajstorske ljubavi stanovnik našeg glavnog grada“ (Serbian). Politika (2018-yil 4-yanvar).
- ↑ https://www.chessdom.com/breaking-richard-rapport-changes-federation-to-romania/ BREAKING: Richard Rapport changes federation to Romania
Havolalar
tahrir- Shaxsiy sahifasi FIDE saytida
- Partiya Chessgames.com saytida(ingl.)
- Interview with Hungary’s youngest Grandmaster, Richárd Rapport (Wayback Machine saytida 2014-07-05 sanasida arxivlangan)
- Richárd Rapport – a new star in chess